Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2023.T.02.12 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yigʼilishi 2024-yil 30-may kuni soat 14:00 va 16:00 da bo‘lib o‘tadi.   

    Kun tartibi:

    1. Yarmatov Sherzodjon Shokir o‘g‘lining 05.01.11– Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning intellektual algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi;

    2. Xuramov Latif Yakubboy o‘g‘lining 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash ixtisosligi bo‘yicha “Gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarni Koiflet veyvleti asosida raqamli ishlash algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi;

    3. Har xil masalalar.

    Manzil: Samarqand shahri, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti binosi, 106-xona.