Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 20-iyun kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

    1. Soatov Rasul Muxitdinovichning “Mashrab dunyoqarashida tasavvufiy g‘oyalar tadqiqi” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

    2. Jurayeva Dilafruz Jamurodovnaning “Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining yoshlar axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rni” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

    3. Har xil masalalar.

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.