E’LON
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 21-iyun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Nurillayeva Zarina Hasanovnaning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Tojik-fors izohli lug‘atlarda so‘zlarni izohlashning o‘ziga xos xususiyatlari” (“Burhoni qote’” materiallari asosida) mavzusidagi filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni ko‘chasi, 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bosh o‘quv binosi, 1-qavat, 105-xona.