Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 27-iyun kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi. 
    Kun tartibi:
    1. Xudayberdiyeva Xuriyat Karimberdiyevna “Milliy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maʼnaviy-axloqiy muammolari” mavzusida 09.00.02 — Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi.
    2. Xudjaqulova Feruza Raxmatovnaning “O‘zbekiston taraqqiyotining yuksalish bosqichida o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini shakllantirish” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.
    3. Har xil masalalar.
    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.