Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 19-oktyabr kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

   1. Toshpulatov Odil Nodirovichning “Globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizm fenomenlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

    2. Butoyev Ilxom Uzokovichning “Yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida diniy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”  mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

    3. Har xil masalalar.

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.