Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Bunet  Abduraimovning IV-kurs 401-guruh va 402-guruh (60310100) – “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Innovatsion iqtisodiyot” fanidan “Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.

    Dars 2024-yil 22-oktyabr kuni, soat 08:30 da IRMTB institut 110-xonada boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.