Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti “Nazariy fizika va kvant elektronika” kafedrasi dotsenti Y.T.Jo’rayev Kimyoviy texnologiyalar yo’nalishi 3-kurs 304, 305, 306 - guruh talabalariga “Metrologiya standartlashtirish va sifatni boshqarish” fanidan “Mahsulotlar sifati va ular haqidagi ma`lumotlarni standartlashtirish va kodlash” mavzusida ochiq darsi bo’lib oʻtadi.

    Dars 2024-yil 16-noyabr kuni soat 8:30 da Biokimyo instituti 205-xonada boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.