Talabalar o‘qishini uzrli sabablarga koʻra respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish haqidagi arizalarni qabul qiluvchi hududiy ishchi guruh SamDU filologiya fakulteti 22-xonada faoliyat olib bormoqda. O’qishni ko’chirish muddati 2024-yil 20-dekabrdan 2025-yil 20-yanvargacha.

    Uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semestrda o‘qishni ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat etiladi

-talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

-davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida;

 -Hududiy ishchi guruhga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

-o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);

- pasport nusxasi;

- PQ-279-son qaror 7(v)-bandida (https://lex.uz/docs/-6070845) qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

2024-yil 20-dekabrdan 2025-yil 20-yanvargacha

Qo’shimcha ma’lumot uchun tel: (66) 239 15 53; (66) 239 15 59