WIPO Global Awards 2025 uchun arizalar qabul qilinmoqda!

Joylashuv: Jeneva
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 31-mart
WIPO Global Awards dasturi, 2022-yilda boshlangan bo‘lib, intellektual mulk (IP) dan nafaqat tijorat muvaffaqiyati uchun, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun katalizator sifatida foydalanuvchi bizneslarni taqdirlaydi.
G‘oliblarga quyidagilar taqdim etiladi:
Intellektual mulkdan strategik aktiv sifatida foydalanishni takomillashtirish uchun mentorlik
Tijoratlashtirish, mablag‘ jalb qilish, hamkorlik va targ‘ibot bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Startaplar, kichik va o‘rta bizneslar (KOB), shuningdek, universitetlarga aloqador innovatsion kompaniyalar, shu jumladan sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohalaridagi kompaniyalar.
2025-yil uchun yangilik: Hay’at tomonidan ayol tadbirkorlar va yosh tadbirkorlar tomonidan boshqariladigan kompaniyalarga maxsus e’tibor qaratiladi.
10 nafar g‘olib 2025-yil iyul oyida Jenevada o‘tkaziladigan WIPO Assambleyalari davomida e’lon qilinadi.
Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
Arizalar 2025-yil 31-mart, 23:59 CET gacha qabul qilinadi. Ariza shakli ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun WIPO Axborot va Matbuot bo‘limi bilan bog‘laning:
Telefon: (+41 22) 338 81 61 / 338 72 24
Ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun : https://www.wipo.int/pressroom/ru/articles/2025/article_0001.html
Ro‘yxatdan o‘tishigizni hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilovadagi
jadvalga muvofiq milliy_ofis@exat.uz yuboring
Kerakli jadval ilova qilinadi.
Batafsil ma’lumot olish uchun: 998971 50 57 75