Slovakiya Milliy stipendiya dasturini e’lon qiladi…

Slovakiya elchixonasi O‘zbekiston abituriyentlari uchun 2025/2026 o‘quv yilida Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi doirasida yangi tanlovni e’lon qiladi.
Mazkur stipendiya dasturi xorijiy abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Dastur qoidalari va shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.minedu.sk/scholarships-of-the-government-of-the-slovak-republic/
Slovakiya davlat universitetida o‘qish davomida davlat stipendiyasini olish sharti – slovak tilini yetarli darajada bilish va tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga qabul qilinishdir. Davlat stipendiyasiga nomzodlar slovak tilini o‘rganish va kasbiy fanlar bo‘yicha tayyorgarlik kurslarini hamda universitet ta’limini slovak tilida o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Slovak tili kursi tanlovdan o‘tgan abituriyentlar uchun bepul bo‘lib, 2025-yil 1-sentabrdan 2026-yil 30-iyungacha Banska-Bistritsa shahridagi Matey Bel universitetida tashkil etiladi.
Ariza topshirish muddati : 2025-yil 24-martdan 2025-yil 25-maygacha
Ariza topshirish uchun : www.vladnestipendia.sk