FRANSIYA HUKUMATI GRANTI -2025/2026 -YIL

Magistraturani Fransiyada o'qishni xohlovchi o'zbekistonlik nomzodlarga Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi va Campus France "France Excellence" grantini taklif qiladi.
O'zbekiston fuqarolari uchun maxsus tashkil etilgan ushbu grantga hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Grant iqtidorli nomzodlarning ta'limini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida o'qishni, shuningdek, Fransiya universitetlari taklif etuvchi istalgan yo'nalishni tanlashi mumkin.
Bu grantga ariza topshirish uchun yosh chegarasi belgilanmagan (talablarga javob beruvchi istalgan yoshdagi nomzod ariza topshirishi mumkin)
Grant kimlar uchun?
Magistraturada uchun
o'qishni xohlovchilar
Batafsil ma'lumot uchun:
https://uz.ambafrance.org/France-Excellence-2025-2026-granti-uchun-tanlov-boshlandi
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida g'olib talabaga 1 yil (12 oy) davomida quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
Fransiyaga borish va O'zbekistonga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
Oyiga 860 yevro stipendiya beriladi.
Talaba 28 yoshdan kichik bo'lsa, talaba uchun ijtimoiy sug'urta xarajatlari qoplanadi.
Uzoq muddatli talaba vizasi to'lovi qoplanadi (viza markaziga ariza berish to'lovi qoplanmaydi).
Talabalar yotoqxonasidan joy olishda ustuvorlik beriladi.
Dastur doirasida turli madaniy tadbirlarda qatnashish huquqiga ega bo'linadi, bundan tadbirlarda qatnashish haqi ham qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak:
1. Nomzod O'zbekiston fuqarosi bo'lishi kerak.
2. Nomzod Bakalavr tugatgan yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichini (2025-yil) kursida o'qiyotgan bo'lishi kerak.
3.Nomzod fransuz va/yoki ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak.
4. Fransuz va/yoki ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab etiladi (DELF/DALF, TEF, TCF, IELTS, TOEFL, TOEIC yoki BULATS).
5. Nomzod Fransiyaning davlat universitetlaridagi yoki diplomi Fransiya hukumati tomonidan tan olinadigan Fransiyaning xususiy universitetlaridagi magistrlik dasturlaridan biriga qabul qilingan yoki ariza topshirish jarayonida (topshirayotgan) bo'lishi kerak.
Bu grantni Fransiya hukumatining boshqa grantlari, Erasmus+ granti Frankafoniya universiteti agentligi grantlari bilan bir vaqtda olib bo'lmaydi. Bunday grantlarni bir vaqtda yutib olgan nomzod ulardan birini tanlashi kerak bo'ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2025-yil, 30-martgacha qabul qilinadi. Ariza va hujjatlarning barchasi ingliz yoki fransuz tilida topshirilishi kerak (fransuz tilida hujjat topshirayotganlarga tavsiya beruvchilar tavsiyanomani ingliz tilida yozsa bo'ladi).
Quyida keltirilgan barcha kerakli hujjatlar
2025-yil 30-martga qadar campus.ouz@gmail.com electron manziliga zip formatida yuborilishi lozim.
Kerakli hujjatlar:
1. Ariza . Ariza shaklini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
2. Xorijga chiqish passporti nusxasi.
3. CV.
4. Motivatsiya xati (fransuz yoki ingliz tilida): 2 betdan oshmasligi va nomzodning motivatsiyasini aniq ko'rsatib berishi kerak. Bu hujjatga alohida e'tibor qaratiladi.
5. Bakalavr diplomi nusxasi hamda universitetda olingan baholar va ularning (diplom va baholarning) ingliz yoki fransuz tiliga tarjima qilingan nusxasi. Tarjima tarjima agentligi tomonidan notarial tasdiqlangan holda gilingan yoki universtetning o'zi tomonidan qilingan bo'lishi kerak (ingliz tilida berilgan diplomni tarjima qildirish shart emas). Bakalavriatning oxirgi kursida o'qiyotgan talabalar faqat hozirga qadar olgan baholari va ularning tarjimasini topshiradi.
6. Til sertifikati. Nomzod ingliz yoki fransuz tilini kamida B2 darajada bilishini isbotlovchi xalqaro til sertifikatini topshirishi kerak.
7. Tavsiyanoma (fransuz yoki ingliz tilida). Tavsiyanomani nomzodni yaxshi biladigan universitet vakili (o'qituvchi, dekan va hk) yoki nomzodning ish joyidagi mansabdor (nazoratchi) shaxslardan olinishi mumkin.
8. Fransiya universitet(lar)i tomonidan berilgan qabul xati (agar bo'lsa; bu hujjat bo'lmasa, topshirilmaydi).
MUHIM: Har bir hujjat nomi nomzodning familiyasi bilan boshlanishi va mazmuniga ko'ra nomlanishi kerak.
Masalan:
Eshmatov_CV.pdf;
Eshmatov_Transicripts.pdf va h.k.
Eslatma: Grant uchun saralash nomzod tanlagan universitetga qabul jarayonidan alohida olib boriladi. Nomzodlar Fransiya universitetlariga ham alohida hujjat topshirishi kerak.
Natijalar 2025-yil may oyida e'lon qilinadi.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktga murojaat gilishingiz mumkin:
Alice MOT , Toshkentdagi Fransiya Kampusi campus.ouz@gmail.comb rahbari: yoki
O'zbekistondagi Fransiya elchixonasi (Istqbol ko'chasi 25, Toshkent).
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin ushbu dastur qo'llanmasi bilan batafsil tanishib chiqing: