Ochiq dars

2025-yil 3-aprel kuni Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti Umumiy fizika kafedrasi dotsenti Ilhomjon Subhankulovning fizika yo’nalishi 2 kurs talabalariga “Amaliy elektrotexnika” fanidan “Uch fazali sistemalarni uchburchak va yulduz ulash. Uch fazali sistemalarning quvvati.” mavzusida namunaviy ochiq dars o‘tadi.
Dars Muhandislik fizikasi institutining binosi 209-xonasida, soat 9:00 da boshlanadi (I-juftlik). Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.