Mazkur uskuna hozirgi vaqtda dunyoning eng so’nggi modeldagi spektral qurilma ekanligi ta’kidlanmoqda.

    - Tandem interferometri sochilgan yorug’likni eng aniq formatda tahlil qilib beradi, - deydi Shvetsariyalik mutaxassis Filippo Scarponi. – Ushbu uskuna suyuqliklarda, eritmalarda, qattiq jismlarda bo’ladigan strukturaviy o’zgarishlarni aniqlashda yordam beradi. Bu farmatsevtika sohasi uchun ham juda ham muhim. O’ylaymanki, mazkur laboratoriya jihozidan Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi unumli foydalanib, o’zlarining ilmiy tadqiqotlarini olib boradilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.