Kobul Dusov  telegram kanalida e’lon qilingan “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti direktori O‘roqov Sirojiddin Xudayberdiyevich SamDU talabasi Rofiyev Shoxruxni tuhmat uyushtirib, qo‘shib-chatib ustidan yozgan holda, qamatib yubormoqchi bo‘lyaptmi?” nomli videolavha yuzasidan

    E’lon qilingan videolavha  universitet ma’muriyati tomonidan tegishli tartibda o‘rganilganda videolavhadagi ovoz Biokimyo instituti direktori S.O‘roqovga qisman  tegishliligi, qolganlari sun’iy intellekt vositasida tayyorlanib e’lon qilinganligi aniqlandi.

    Sobiq talaba Sh.Rofiyevga nisbatan institut direktori S.O‘roqovning hech qanday adovati yo‘q. Lekin Sh. Rofiyevning o‘zi talabalarni bir necha marotaba bezovta qilganligi to‘g‘risida murojaatlar bor.

    S.O‘roqov haqiqatdan ham, 2023 yil 3 sentyabrdan shu lavozimda ishlab kelmoqda. U talabalarga: Sizlarni kimdir bezovta qiladigan bo‘lsa, menga yoki  profilaktika inspektoriga  aytinglar. Unday shaxslarga nisbatan albatta qonuniy jazo chorasi qo‘llaniladi...mazmunida gapirgan.   

     Agarda bu borada e’tiroz bo‘lsa tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.