Samarqand Shahar hokimligida 2021 yil 12 yanvar kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada ishtirok etgan Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xalmuradov deputatlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, mazmun mohiyati, joylarda ularni o‘rganishning ahamiyati, mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
-Murojaatnomada mahalliy Kengashlar deputatlari zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. Dastlab, Murojaatnomani chuqur o‘rganib, saylov okruglarimizda uning targ‘iboti va ijrosi bilan jiddiy shug‘ullanishimiz kerak, - dedi Senator Rustam Xalmuradov.
- Murojaatnomani chuqur bilishimiz orqali biz, oddiy odamlar hayotda duch kelayotgan juda ko‘p muammolarni bartaraf etamiz.


Samarqand davlat universiteti
matbuot xizmati