Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida onlayn konferensiya bo’lib o’tdi...
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti hamda Yaroslav davlat universiteti bilan hamkorlikda “Rossiya va O‘zbekiston: tarix va zamonaviylik” mavzusida onlayn xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyani SamDU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Muxtor Nosirov kirish so’z bilan ochdi.
Anjumanda samarqandlik va rossiyalik tarixchi olimlarning turli davrlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga oid tadqiqotlari haqida ma’ruzalari tinglandi.
Konferensiyadan so‘ng tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha masalalar: onlayn seminar, talabalar uchun ma’ruzalar, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.