Urumchi shahar fan va texnologiya boshqarmasi delegatsiyasi Samarqand davlat universitetida bo’ldi...
Samarqand davlat universitetiga Urumchi shahar fan va texnologiya boshqaruvi partiya guruhi kotibi Szin Fuszyan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xitoyliklar tomonidan ta’lim, muqobil energiya, sog’likni saqlashda avtomatlashtirish kabi sohalar bo’yicha taqdimotlar qilindi.
Xitoyda ilm-fan, sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi, IT, aqlli shahar kabi 42 loyiha mavjudligi va unda SamDU professor-o’qituvchi, tadqiqotchilari ishtirok etishi bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, universitet rahbariyatini iyun oyida Urumchida o’tkaziladigan “Ta’lim va sanoat” xalqaro forumida ishtirok etishga taklif qildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.