DEMOGRAFIK MUAMMOLAR, ISH BILAN BANDLIK, MEHNAT RESURSLARI SHAKLLANISHI BO‘YICHA MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

 

Ilmiy maqolalarining 40 dan ortig‘i researchgate, google scholar va scopus va web of science bazalariga kiritilgan. h-index – Researchgate – 8, google scholar – 9, scopus va web of science – 2.

IBRAGIMOV LUTFULLO

Geografiya fanlari doktori, Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi professori

 

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

 

O‘zbekiston shahar va qishloq tumanlarining mehnat bozorida aholi bandligining hududiy taqsimlanishidagi vaziyatni geografik balandlik mintaqalari (cho‘l-dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlar) bo‘yicha iqtisodiy geografik xususiyatlari (iqtisodiy geografik o‘rni, hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, hududiy ishlab chiqarish majmualari, rayonlashtirish) baholash va uning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish.

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

 

Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston shahar va qishloq tumanlarining mehnat bozorida aholi bandligining hududiy taqsimlanishidagi vaziyatni geografik balandlik mintaqalari (cho‘l-dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlar) bo‘yicha iqtisodiy geografik xususiyatlari (iqtisodiy geografik o‘rni, hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, hududiy ishlab chiqarish majmualari, rayonlashtirish) baholangan va uning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirgan. Ko‘p omilli Pirson korrelyatsiya usulini qo‘llash usulida ekonometrik modellashtirish asosida janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining 18 ta indikatorli ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ularning aholini ish bilan bandligiga bog‘liqlik darajasi (past, o‘rta, yuqori) aniqlagan. Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlaridagi band bo‘lmagan aholining ijtimoiy tabaqalashuvi bo‘yicha hududiy demografik tarkibi hamda ishsizlik sabablari (ish joylarining kamligi, ishga kirish uchun asosiy tashkilotlarga murojaatlarning samaradorligi, ishsiz aholi tomonidan biznesni tashkil qilishdagi qiyinchiliklar va boshqalar) ijtimoiy so‘rovnomalar orqali baholagan. Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda aholi bandligi va ularga ta’sir etuvchi omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi (yuqori, o‘rta, past) baholangan hamda “mehnat resurslari”, “aholi tabiiy harakati”, “aholi bandligi bo‘yicha rayonlashtirish” va “aholi bandligining prognoz ko‘rsatkichlari”, “mehnat munosabatlarining prognoz ko‘rsatkichlari” kartalarini ilk bor ArcGIS dasturida yaratgan. Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining aholisi, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholi, iqtisodiy faol aholi, rasmiy va norasmiy sektordagi ish bilan bandlar sonining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari balans, modellashtirish va ekstrapolyatsiya usullari asosida ishlab chiqgan.

Asosiy ilmiy nashrlari:

 

1. Ibragimov L.Z. Labor market and employment in Uzbekistan // Geografický časopis. Scientific journal. 2021, №4. – Bratislava. – pp.359-374.
2. Ibragimov L.Z. Employment of population in Samarkand region and its economic geographical aspects. Monograph. – Samarqand: “SamDU nashriyoti”, 2020. – p.144.
3. Ибрагимов Л.З. Жануби-ғарбий Ўзбекистоннинг меҳнат бозоридаги вазият // Ўзбекистон География жамияти ахбороти, 60-жилд. - Тошкент, 2021. B.56-63.
4. Ibragimov L.Z. The importance of natural conditions and resources of territories in providing employment // SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi, 2021, №1 – B.108-115.
5. Ibragimov L.Z. Aholi bandligini oshirishda tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati // SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi, 2018, №3.– B.165-168.
6. Ibragimov L.Z. O‘zbеkistоndа dеmogrаfik modеrnizаtsiyalаsh // SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi, 2022, №3. – B.94- 98.
7. Ibragimov L.Z. The development of small business and private entrepreneurship is the main important factor of employment of population (A case study of republic of Uzbekistan). European scientific journal, ESJ. Croatia, 2016
8. State policy in supporting an employment of population in Uzbekistan. Lucrările seminarului geografic “Dimitrie Сantemir” nr. 45, International scientific journal. Rumania. Vol 45, № 2.
9. Ibragimov L.Z. Development of small business and entrepreneurship in industry and its influence on employment of population. The American journal of social science and education innovations. 2021. Volume 3 Issue 03, 2021. pp.163-170.
10. Ibragimov L.Z. Some issues of studying the impact of demographic factor on employment and labor market // European Scholar Journal (ESJ). 2021, – Las Palmas. – P. 47-50. №7, – ISSN: 2660-5562.