BAKTERIAL BIOTEXNOLOGIYA VA GENETIKA BO‘YICHA YETAKCHI MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

30 dan ortiq maqola, index - 8

ISMAILOV ZAFAR FAYZULLAYEVICH

Genetika va biotexnologiya kafedrasi professori

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

Mikroorganizmlar; endofit bakteriyalar; galofitlar; invitro; mikroklonal ko’paytirish

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

Oʻzbekiston tuproqlari mikroorganizmlarining xilma-xilligi va ahamiyati oʻrganilgan; Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning qishloq xoʻjalik ekinlari vegetatsiyasidagi ahamiyati aniqlangan, ulardan foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan; choʻl hududlarida keng tarqalgan ayrim galofit oʻsimliklar biomassasining bioyoqilgʻi manbalar sifatidagi potentsiali baholangan; chorvachilikning organik chiqindilari va oʼsimliklar biomassasini qayta ishlashga asoslangan bioyoqilgʼilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud muammolardan kelib chiqqan holda quyidagi yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilmoqda: O‘zbekistonning Janubiy-g‘arbiy mintaqalarining ekstremal sharoitidagi o‘sayotgan ayrim galo- va kserofit o‘simliklaning endofit mikroorganizmlari ajratish, identifikatsiyalash, ajratilgan mikroorganizmlarning istiqbolli shtammlari asosida mikrob preparatlari yaratish va hududning sho‘rlangan hamda qurg‘oqchil mintaqalarida qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda qo‘llash; tovuqchilik va baliqchilik xo‘jaliklarida qo‘llanilayotgan oziqa ratsionini bir va ko‘p hujayrali suvo‘tlar bilan boyitish uchun suvo‘tlarni ko‘paytirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish; ayrim dorivor (Samarqand o‘lmaso‘ti, dorivor tojik kavragi, dorivor achchiq ermon, chakanda) o‘simliklar va mahalliy yong‘oq navlarini in-vitro usulda mikroklonal ko‘paytirish va sog‘lom ko‘chatlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish.

Asosiy ilmiy nashrlari:

1. Ismailov Z. and others. Biotechnology of Organic Animal Waste Processing Based on Eisenia fetida (Savigny, 1826) // Journal of Ecological Engineering, 2024, 25(5), 70–78
2. Ismailov Z. and others. Plant growth-promoting properties of endophytic bacteria isolated from some xerophytic plants distributed in arid regions (Uzbekistan) // Plant Science Today, 2023, 10(4), 228–237
3. Ismailov Z. and others. Isolation and characterization of endophytic bacteria from some halophytes in saline desert regions of Uzbekistan. Biodiversitas. 2023. 24. Р. 1279-1288. DOI: 10.13057/biodiv/d240270.
4. Ismailov Z. and others. The halophytic plant Halostachys belangeriana (Moq.) Botsch as a Source of Plant Growth-Promoting Endophytic Bacteria. Microbiological journal. 2022 (4). P. 31—39. https://doi.org/10.15407/microbiolj84.04.030.
5. Ismailov Z. and others. Plant growth-promoting endophytic bacteria associated with Halocnemum strobilaceum (Pall.) M. Bieb and their plant beneficial traits. Plant Science Today. 2021; 8(sp1): pp. 44-50.

Batafsil: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=6701577251