Ushbu sektor 2022-yil 30-avgustdagi universitet kengashining yangi tuzilmalari to'g'risidagi 1-son qarori bilan ochilgan. TIQQM intellektual mulk obyektlarining muhofazasi sohasida TIQQM xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy metodik yordam ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Republikasining innovatsion salohiyatini oshirish maqsadida tashkil qilingan. TIQQMning maqsadlari: 
    1. Ixtirolar va foydali modellarga patentlar olish; innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va individual ixtirochilarga IMA patentli va patentsiz axborot resurslaridan, shuningdek boshqa axborot resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali ilmiy-texnik axborotdan, shu jumladan intellektual mulk sohasida ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish evaziga mamalakatning innovatsion rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash; 
    2. Intellektual faoliyatni va uning natijalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish; 
    3. Intellektual faoliyatning huquqiy muhofazasining nazariyasi va amaliyoti hamda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishning aktual masalalari bo‘yicha ilmiy amaliy konferensiyalar, ta’limiy seminarlarni tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi asoslariga bag‘ishlangan ilmiy-metodik va axboriy materiallarni tarqatish yo‘li bilan jamiyatda innovatsion faoliyatni tashviq va targ‘ib qilish;

E-mail: patent@samdu.uz
Web sahifa: https://patent.samdu.uz/
Telegram kanal: https://t.me/samdupatent