SULTANOVA GULNOZA SABIROVNA

Falsafa va milliy g'oya kafedrasi professori | Falsafa fanlari doktori (DSc), professor

 

 

"Ilmiy tadqiqot metodologiyasi", "Fan falsafasi", "Falsafa va fan metodologiyasi", "Tabiatshunoslik falsafasi", "Falsafa", "Falsafaga kirish", "Ontologiya va bilish nazariyasi", "Dialektika va bilish nazariyasi", "Tafakkur tarzi metodologiyasi", "Hozirgi zamon tafakkur tarzi. Sinergetika", "Kreativ fikrlashning falsafiy asoslari"

 

 

2019-yilida G.Sultanova rahbarligida “Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi” 4-kurs talabasi Shavqiyev Oybek Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorligini, 2022-yilda G.Sultanova rahbarligida Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetining Falsafa yo‘nalishi talabasi Alijon Sobirov Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tomonidan e‘lon qilingan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o‘tkazilgan maqolalar tanlovida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining yuksak qadriyatidir” yo‘nalishi bo‘yicha “Tolerantlik – tinchlikni ta’minlovchi atribut sifatida” mavzusi bilan qatnashib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib besh million so‘m mablag‘ bilan taqdirlangan, 2019-yil 9-18-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian Jiatong universtitetining “Yozgi maktab” doirasida tashkil etilgan “University Alliance of the Silk Road” mavzusidagi xalqaro forumida “O’zbekistonning tarixiy shaharlari”, “Samarqand Sharq gavhari”, “Samarqand davlat universtiteti: islohotlar va yo’nalishlar” mavzularida ma‘ruzalari hamda taqdimotlari bilan qatnashdi va Sian Jiatong universtitetining tashakkurnomasi, esdalik sovg'lari, 2023-yilda Eron Islom Respublikasining takilifiga binoan Tehron shahrida o‘tkazilgan “Ayollar, ma‘naviyat va adolat” mavzusidagi Nufuzli xotin-qizlar birinchi xalqaro kongressida O’zbekiston Respublikasining siyosiy delegatsiyasi tarkibida faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan. Eron Islom Respublikasi Prezidentining tashakkurnomasi va esdalik sovg'lari bilan taqdirlangan.

 

 

"2000-2004-yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi.
2004-2006-yy. – Samarqand davlat universiteti magistranti.
2004-2017-yy. – Sartepo turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining ijtimoiy fanlar o‘qituvchisi va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri.
2006-2011-yy. – Samarqand davlat universiteti Sharq falsafasi va ma‘naviyat kafedrasi assistenti (o’rindosh).
2013-2017 yy. – Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi assistenti (o‘rindosh).
2017-2018 yy. – Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi assistenti.
2018-2019-yy. – Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2019 -2020-yy. – Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi dotsenti.
2020-2022-yy. – Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti.
2022 yildan – h.v. - Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi professori.
"

 

 

Jahonda sodir bo'layotgan globallashuv jarayonlari jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, insoniyat tafakkur tarziga ham konstruktiv, ham salbiy ta'sir ko'rsatib, epistemologik muammolarni kognitiv, kreativ, intellektual dinamikasining o'zgarishiga olib keldi. Globalizasiya fenomeni kognitivlik muammosini, ilmiy tafakkur tarzining kreativ va konstruktiv imkoniyatlarini, dunyo ilm-fani, IT sohalarida vujudga kelayotgan ilmiy-kontseptual transformasiyalarni o'rganish, ulardagi paradigmal va epistemologik yangilanishlarni tadqiq etish dolzarbdir. Olima o‘z tadqiqotlari orqali ilmiy tafakkur tarzining kreativligi muammosiga fenomenologik va nomologik refleksiv yondashuv asosida, uning ijtimoiy amaliyotda namoyon bo'ladigan kognitiv hamda funktsional samaradorligi, kreativ fikrlovchi yoshlarda konstruktivistik tafakkur tarzi hamda postnoklassik ilmiy tafakkur tarzi transformasiyasining kogerentligi proliferativlik qonuniyati, O'zbekistonda zamonaviy ilmiy, texnologik va proektiv qadriyatlarni yaratuvchi ijodkor olimlarni etishtirishga xizmat qiladigan, ularda kreativ tafakkur tarzini yuksaltirishga qaratilgan o'zaro bog'lanish, mutanosiblik, bashorat qiluvchi kabi korrelyativ-prognostik va amaliy-loyihaviy, kashfiyotchilik, ixtirochilik singari pragmatik-evristik usullarini asoslab berdi.

 

 

"Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda 1, Xalqaro nufuzli jurnallarda 15, OAK ro'yxatidagi Respublika jurnallarida 30 ilmiy maqolalar, Xalqaro va respublika konferensiya to‘plamlarida 44 maqola va tezislar chop ettirgan.
"