UMUROV HOTAM IKROMOVICH
Adabiyotshunos
Umurov Hotam Ikromovich
professor
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Adabiyot nazariyasi, yangi o'zbek adabiyotida roman janrining vujufdga kelishi jarayonini tadqiq etgan, xususan, A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanini mukammal tahlilini ishlab chiqqan.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:
Olimning ilmiy faoliyatida adabiy tanqiddagi o‘nlab ilmiy tadqiqotlari badiiy mahorat va o‘zbek romanchilida psixologik tasvir muammolarini yoritib bergan. Olim tomonidan ishlab chiqilga afdabiyotlarda o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan ikki ijodkor- Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodi asosida adabiyotning umumiy masalalari haqida ko‘lamli fikrlar yuritiladi, ijodiy hamkorlik, ijodkorlarning bir-biriga ta'siri, ba'zi asarlarining tug‘ilishi haqida qimmatli ma'lumotlarni keltiradi. H.Umurovning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiyotida psixologizm muammosini, xususan, o‘zbek romanlarida psixologizm masalasini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. Adabiy qahramonlar ruhiy olamini ochib berishning yo‘llari va vositalari muammosini tekshirish ustidagi mehnatlari natijasida A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, A.Qahhorning “Sarob” romanlarida yozuvchilarning turli psixologik holatlarni tasvirlashdagi mahoratini ilk marotaba atroflicha yoritib berdi
Asosiy ilmiy nashrlari:
1) «Таҳлил санъати» (Тошкент, Ғ. Ғулом номидаги адабий-бадиий нашриёт, 1978; монография),
2) «Ўзбек романчилигида психологизм» (Тошкент, «Ўқитувчи», 1982; назарий қўлланма),
3) «Становление психологизма и психологического анализа в узбекском романе» (Тошкент, «Ўқитувчи», 1982;
4) «Адабиётшуносликка кириш» (Самарқанд, 2000; қўлланма),
5) «Бадиий ижод асослари» (Тошкент, «Ўзбекистон», 2001
6) «Адабиёт назарияси» (Самарқанд, СамДУ нашри, 2001; Ўқув қўлланма),
7) “Адабиёт қоидалари” (Тошкент, “Ўқитувчи”, 2002, 2004, 2010, 2011;
8) “Вақт” шеърининг поэтикаси (Самарқанд, СамДУ нашри, 2003; Ўқув қўлланма),
9) “Сайланма” (Тошкент, “Фан”, 2007-2009, беш жилдлик)
10) “Талабанинг ҳикмат китоби” (Самарқанд, 2008)
11) «Илмий асар ва унинг жанрлар алифбоси» (Самарқанд, 1997)