SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKIASI, MATEMATIK MODELLASHTIRISH BO‘YICHA ETAKCHI MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

XO‘JAYOROV BAXTIYOR

Fizika-matematika fanlari doktori, professor Matematik modellashtirish kafedrasi mudiri

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

Birjinslimas suyuqliklarning g‘ovak va yoriq-g‘ovak muhitlarda sizishi, g‘ovak va yoriq-g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishi, anomal sizish va modda ko‘chishi, elastik-plastik sizish, relaksasion sizish, sizish va modda ko‘chishining teskari masalalari, neft va neftegaz konlari ishlatilishini tahlil qilish va loyihalash.

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

Bir nechta yangi gidrodinamik modellar ishlab chiqqan. Xususan, dinamik faktorlarni hisobga olgan yangi kinetika tenglamasi asosida birjinslimas suyuqliklar kolmatatsion-suffozion sizishi modelini tuzgan. Ikkita yangi fizik paremetrlarni kiritgan holda umumlashgan sizish modelini yaratgan. Fraktal tuzilishga ega bo‘lgan ikki o‘lchovli g‘ovak muhitlarda moddalarni ko‘chirish masalalarini anomal xususiyatlarni hisobga olgan holda sonli yechgan. U noturg‘un qatlamlar uchun elastik-plastik sizish nazariyasini yaratgan. Bu nazariya tog‘ oralig‘i botiqligida joylashgan chuqur neft konlarini loyihalash tizimlarini baholashda muvaffaqiyatli qo‘llangan. U yoriq-g‘ovak muhitlarda relaksatsion sizish nazariyasini asoslagan. Shu nazariya asosida oldin kuzatilmagan, uzulishlar tarqalishining unimodal qonuniyatini topgan. Nokorrekt va teskari masalalarni yechish asosida neft quduqlarini gidrodinamik tadqiq etishning yangi uslubini yaratgan.

Asosiy ilmiy nashrlari:

Tangential Shear Stress under the Periodic Flow of a Viscoelastic Fluid in a Cylindrical Tube. Fluid Dynamics 2021, 56(2), с. 189-199.
Numerical Investigation of Solute Transport in A Non-Homogeneous Porous Medium Using Nonlinear Kinetics. International Journal of Mechanical Engineering and Robotics Re-search Vol. 11, No. 2, February 2022. Pp. 79-85.
Solute Transport with Non-Equilibrium Adsorption In A Non-Homogeneous Porous Medium. WSEAS Transactions on Fluid Mechanics, 17:181-188, 2022.
An Axisymmetric Problem of Suspension Filtering with Formation of Elastic–Plastic Cake Layer. Symmetry 2022, 14, 1202.
Filtration of suspensions with forming of an elasto-plastic cake. Waves in Random and Complex Media, 2022, 1, 24.
The inverse problem of determining the kinetic coefficients in the model of suspension filtration in a porous medium. Eurasian journal of mathematical and computer applications, Volume 10, Issue 4 (2022). Pp. 96–106.
Inverse Problem of Contaminant Transport in Porous Media. APAMCS 2022, Lecture Notes in Networks and Systems 702, Pp. 87–97, 2023.
Numerical Solution of Anomalous Solute Transport in a Two-Zone Fractal PorousMedium. APAMCS 2022, Lecture Notes in Networks and Systems 702, Pp. 98–105, 2023.
An Axi-Symmetric Problem of Suspensions Filtering with the Formation of a Cake Layer. Symmetry 2023, 15, 1209.
Determination of the Relaxation Coefficient During Filtration of a Homogeneous Liquid In Fractured-Porous Media. Journal of Engineering Physics and Thermophysics, 2023, 96(4), pp. 966–979.