Xudoynazarov Xayrulla

Kafedra mudiri | Texnika fanlari doktori, professor

 

 

Tutash muhit mexanikasi, Elastiklik nazariyasi, Qovushoq-elastiklik va sudraluvchanlik nazariyalari, Gidroelastiklik

 

 

2006 y. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni, 2011 y. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni, 2021 y. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni, 2022 y. “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, 2023 y. “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni

 

 

"1967-1972 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1972-1974 yy. - Nurota tumanidagi 68-o'rta maktablarda matematika fani o'qituvchisi
1974-1976 yy. - Nurota tumanidagi 83-o'rta maktablarda matematika fani o'qituvchisi
1976-1979 yy. - Samarqand davlat me'morchilik-qurilish instituti assistenti
1979-1982 yy. - Toshkent politexnika instituti aspiranti
1982-1987 yy. - Samarqand davlat me'morchilik-qurilish instituti assistenti
1988-1989 yy. - Samarqand davlat me'morchilik-qurilish instituti katta o‘qituvchisi
1989-1991 yy. - Samarqand davlat me'morchilik-qurilish instituti kichik ilmiy xodimi
1991-1992 yy. - Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti dotsenti, professori
1992-1995 yy. - Samarqand davlat universiteti nazariy mexanika kafedrasi professori
1995-2001 yy. - Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mexanika kafedrasi mudiri, professor
2001-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati bo‘yicha prorektori
2008-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti mexanika kafedrasi mudiri, professor
2013-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti mexanika kafedrasi professori
2013-2015 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti amaliy matematika kafedrasi professori
2015-2016 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti matematika va mexanika kafedrasi professori
2016-2018 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti oliy matematika kafedrasi professori
2018-2024 yy. - Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mexanika kafedrasi mudiri, professor
2024 - h.v. - Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mexanika kafedrasi mudiri, professor"

 

 

"Ma'lum klassik va aniqlashtirilgan tebranishlar nazariyalarida qo'llaniladigan soddalashtiruvchi gipoteza va farazlardan foydalanmasdan, doiraviy silindrik va konussimon bir jincli va qatlamli qovushoq-elatik strukturalar (qatlam, qobiq va sterjenlar)ning turli muhitlar bilan o'zaro nostatsionar ta'sirlashuvi masalalarining chiziqli va fizik nochiziqli nazariyalarini yaratgan, mos matematik modellarini ishlab chiqqan.
Turli xil muhandislik ob'ektlarining asosiy yuk tashuvchi elementlarini tashkil qiluvchi qatlamlar, sterjnlar, plastinkalar va qobiqlar ko'rinishidagi, konstruksiyalarning kompozit elementlarini dinamik hisoblash bo'yicha tadqiqotlar dolzarb bo’lib qolmoqda. Zamonaviy muhandislik amaliyotida bunday tadqiqotlarning dolzarbligi, qurilish va mashinasozlik sohasidagi eng muhim vazifalardan biri bo'lib, pirovardida konstruksiya va mashinalarning og'irligini kamaytirish, ishonchliligi hamda mustahkamligini oshirish, shuningdek ularga sarflanadigan material va xarajatlarni kamaytirish bilan belgilanadi.
Tadqiqotlarning ilmiy yangiligi shundaki, qovushoq elastiklik nazariyasining uch o’lchovli masalalarini yechish asosida bir jinsli va qatlamli doiraviy silindrik va konussimon strukturalarlagi tebranishlari jarayonlarini o'rganish muammosi hal qilingan. Jumladan:
-qovushoq siqiluvchan suyuqlik bilan o'zaro ta'sirlashuvchi qatllamli doiraviy silindrik va konussimon qovushoq -elastik strukturalarning nostatsionar tebranishlarining yangi matematik modellari yaratilgan bo’lib bu qaralayotgan strukturalar nostatsionar tebranishlarining umumiy va aniqlashtirilgan tenglamalarni hamda ular tebranishlari uchun amaliy masalalar qo’yishni o'z ichiga oladi;
-doiraviy silindrik qatlamli qovushoq elastik strukturalar nostatsionar tebranishlariga oid masalalarni yechish natijalari asosida ularning istalgan kesimi istalgan nuqtasida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini kerakli funksiyalar maydoni bo‘yicha bir qiymatli aniqlash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
- turli tashqi dinamik, xususan, zarba va seysmik yuklar ta'siridagi qovushoq suyuqlik bilan o'zaro ta'sirlashuvchi doiraviy silindrikva konussimon qatlamli qovushoq elastik strukturalarni dinamik hisoblashning yangi usullari yaratilgan;
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati kompozit qatlamli silindrik va konussimon qovushoq- elastik strukturalarning nostatsionar, buralma va bo'ylama-radial tebranishlari uchun tenglamalarni chiqarishning yangi usulini yaratish va takomillashtirish, tashqi dinamik, xususan, impulsli va seysmik yuklar ta’sirida bo'lgan kompozit qatlamli qobiqlarning tebranishlariga oid yangi amaliy masalalarni yechish hamda qobiqlar va boshqa tuzilmalarning konstruktiv elementlari, xususan, konussimon qobiqlar va cterjnlar, elliptik kesmadagi qobiq konstruktsiyalari, plitalar va boshqalar uchun ishlab chiqilgan usullarni umumlashtirish imkoniyati bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tashqi dinamik yuklarni hisobga olgan holda qatlamli kompozit strukturalarning buralma va bo’ylama-radial tebranishlarida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati parametrlarini aniqlashning amaliy masalalarini yechish uchun analitik-sonli algoritmlarni ishlab chiqish; materialining reologik, anizotrop va boshqa xossalarini hisobga olgan holda, matematik fizikaning shunga o‘xshash masalalari uchun umumiy xarakterni ifodalaydigan, olingan natijalarni umumlashtirish imkoniyatlari bilan izohlanadi."

 

 

"1. K.Khudoynazarov, B.F.Yalgashev and T.Mavlonov 2021 Mathematical modelling of torsional vibrations of the three-layer cylindrical viscoelastic shell. IOP Conf. Series: Mater. Sci. Eng.1030 012098 DOI: 10.1088/1757-899X/1030/1/012098.
2. Khudoynazarov, K., Yalgashev, B. 2021 Longitudinal vibrations of a cylindrical shell filled with a viscous compressible liquid. E3S Web of Conferences 264, 02017. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126402017
3. Khudoynazarov Kh.Kh., Khalmuradov R.I., Yalgashev B.F. 2021 Longitudinal-radial vibrations of a elastic cylindrical shell filled with a viscous compressible liquid. Tomsk State University. Journal of Mathematics and Mechanics. 69, 139-154. DOI: 10.17223/19988621/69/11.
4. R I Khalmuradov, K Khudoynazarov and S B Omonov Model for calculation of anchor parameters fixings for vertical exploration works. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 937 (2021) 042092 doi:10.1088/1755-1315/937/4/042092
5. Khalmuradov, R.I., Khudoynazarov, K., Nishanov, U.A. (2022) Elastic-plastic deformation of a round plate reinforced with stiffeners. Magazine of Civil Engineering. 2022. 116(8). Article no. 11613. DOI: 10.34910/MCE.116.13
6. Khayrulla Khudoynazarov, Jamshid Abdurazakov and Dilshod Kholikov Nonlinear torsional vibrations of a circular cylindrical elastic shell, AIP Conference Proceedings, 2637, 020003 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0118844
7. Khayrulla Khudoynazarov, Dilshod Kholikov and Jamshid Abdurazakov Torsional vibrations of a conical elastic shell, AIP Conference Proceedings, 2637, 030024 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0118846/
8. Khayrulla Khudoynazarov International Conference on Actual Problems of Applied Mechanics (Preface), AIP Conference Proceedings, 2637, 010001 (2022); https://doi.org/10.1063/12.0013538
9. Rustam Khalmuradov, Khayrulla Khudoynazarov*, and K Isabekov Experimental stud of cross-rod spatial structures, E3S Web of Conferences 365, 02006 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502006
10. Khayrulla Khudoynazarov*, A Gadayev, and Kh Akhatov Тorsional vibrations of a rotating viscoelastic rod, E3S Web of Conferences 365, 02016 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502016
11. Rustam Khalmuradov, Khayrulla Khudoynazarov*, and Sh Оmonov Calculation of parameters of anchor-sprayed concrete support vertical mining operations, E3S Web of Conferences 365, 02020 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502020
12. Khudoynazarov, Kh. (2023) A mathematical model of physically nonlinear torsional vibrations of a circular elastic rod. Vestnik Tomskogo gosudarstvennogo universiteta. Matematika i mekhanika – Tomsk State University Journal of Mathematics and Mechanics. 84. pp. 152–166. doi: 10.17223/19988621/84/12
13. K h u d o y n a z a r o v Kh. (2023) Modeling of nonlinear torsional vibrations of a truncated conical rod, Vestn. Samar. Gos. Tekhn. Univ., Ser. Fiz.-Mat. Nauki [J. Samara State Tech. Univ., Ser. Phys. Math. Sci.], 2023, vol. 27, no. 4, pp.1-19. EDN: AAAAAA. DOI: 10.14498/vsgtu2002 (In Russian).
14. Khayrulla Khudoynazarov. (2023) Longitudinal-radial vibrations of a viskoelastik cylindrical three-layer structure. FACTA UNIVERSITATIS Series: Mechanical Engineering, https://doi.org/10.22190/FUME231219010K"