Samarqand davlat universiteti maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va texnologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va texnologiya kafedrasi mudiri
Eshniyozov Olimjon Ismoilovich
+998 90 742 56 10 olimjonismoilovich@gmail.com
Olimjon Eshniyozov fizika-matematika fanlari nomzodi. 1976-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri. 1993-yilda “O‘ta o‘tkazuvchan materialllarni o‘stirish va uni xususiyatlarini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy risola, 3 o‘quv qo‘llanma va 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, nufuzli jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
Maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va texnologiya kafedrasi a’zolari
Nuriddinova Maysara Ikramovna
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1986-yilda “Формирование и опадение плодоэлемнтов у тонковолокнистого хлопчатника в зависимости от от условий минерального питания” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1992-yildan SamDU boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Ilmiy pedagogik faoliyati jarayonida 4 darslik, 1 monografiya, 3 o‘quv qo‘llanma, 8 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 muammoli leksiyalar kursi, 2 elektron o‘quv qo‘llanma hamda 130dan ortiq ilmiy maqolalarni nashrdan chiqargan.
|
|
Vafoyeva Muxayyo Yo‘ldoshevna Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2009-yilda “O‘zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Muxayyo Vafoyeva 1 ta respublika miqyosidagi “Fan, ta’lim va amaliyot integrasiyasi” nomli jurnalda tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 2 o‘quv, 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
Allayorova Nilufar Yaxshinorovna Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “So‘fi Olloyor “Sabotul ojizin” asarining ma’rifiy yo‘nalishi va badiiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Nilufar Allayorova faoliyati davomida 2 monografiya, 1 o‘quv va 4 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 10 dan ortiq xalqaro va 20 dan ortiq respublika nashrlarida ilmiy maqolalar nashr ettirgan.
|
|
Mustafayev Temur Shomirzoyevich Kafedra assistenti. SamDU boshlang‘ich va texnologiya ta’lim kafedrasida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. "3, 3m va 32 simmetriyaga ega trigonal kristallarda chiziqli va nochiziqli akustik xossalarning anizotropiyasi" mavzusida (PhD) bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Temur Mustafayev faoliyati davomida 4 xorijiy va 8 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, bugunga qadar 27 ta xalqaro va respublika nashrlarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Yunusova Bahora Axtamjonovna SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Bahora Yunusova faoliyati davomida Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi nashrlarda 1 maqolasi e’lon qilingan.
|
|
Maxsud Raxmatov Fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent.SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1981-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 o‘quv, 27 uslubiy qo‘llanma muallifi. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Bobomurodova Latofat Elmurodovna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi. Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish” mavzusida 13 (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Latofat Bobomurodova faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 1 patent, 1 guvohnoma, 2 uslubiy qo‘llanma muallifi. 16 ilmiy maqola e’lon qilgan. |
|
Hazratqulov Mutallib Rashidovich Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2018-yilda “Adabiy ta’limda inshoning o‘rni va uni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Mutallib Hazratqulov faoliyati davomida 4 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 4 uslubiy qo‘llanmalarga mualliflik qilgan, 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va mahalliy jurnallarda nashr etilgan. |
|
Toshmurodov Sherzod Gulomjonovich
2006-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakat sifatlarini rivojlantirishda informasion texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 10 dan ziyod maqolalari xorijda va respublika nashrlarida e’lon qilingan. |
|
Husanboyeva Qunduzxon Parpaliyevna
Pedagogika fanlari doktori. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1997-yilda “O‘zbek adabiyotini ta’lim davlat tilidan boshqa tillarda olib boriladigan o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” nomzodlik, 2007-yilda “Adabiy talim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Qunduzxon Husanboyeva faoliyati davomida 5 darslik, 3 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq monografiya, 5 uslubiy qo‘llanmalar nashr qildirgan, 160 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan. |
|
Urunov Abduhalil Majidovich
Tyexnika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yil “Shpindelsiz paxta terish mashinasida qo‘llash uchun tebratkich mexanizmining tarxini tanlash va uning asosiy parametrlarini aniqlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Faoliyati davomida, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 8 dan ortiq maqolasi Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Sulaymanova Dildora Nazarovna dilya28sulaymanova87@gmail.com Mustaqil tadqiqotchi. “Loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 2012-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyati yuritadi. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 2 maqola chop etgan. |
|
Tursunova Maxkamoy tursunovamahkamoy557@gmail.com Pedagogika fanlari nomzodi, professor. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Maxkamoy Tursunova faoliyati davomida 1 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 4 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari(MTT)da bolalarni erkin ijodiy faoliyatga yo‘naltirish texnologiyasi bo‘yicha «Bog‘cha-maktab» innovatsion modelini yaratish” hamda “SamDU va WFK KOICA hamkorligida maktabgacha ta’lim tizimida ”Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fanini o‘qitishda bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni takomillashtirishning innovatsion modelini yaratish” ilmiy-texnik loyiha mavzusi ustida ish olib bormoqda. |
|
Marufova Munira Egamkulovna
Kafedra assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Munira Marufova faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Eshnazarova Gulzoda Juraqulovna
Kafedra assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2011-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Gulzoda Eshnazarova faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Karimova Aziza Mamatkadirovna
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Abduraxmanova Charos Burxanovna charosabduraxmonova344@gmail.com
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Nazarova Dilnoza O‘razaliyevna
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
“Boshlang‘ich va texnologik ta’lim”haqida Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi Samarqand davlat universitetining 2021-yilda tashkil etilgan. Ushbu kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori, 11 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD va 6 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax OTM lari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, Moskva davlat Energetika instituti M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda. Kafedra qoshida turli nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 40 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 25 dan ziyod ilmiy to‘plam, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 100 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar. Kafedrada bugungi kunda “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy vositalar” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi 2018-yilda maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi nomi bilan tashkil etilgan. 2021-yil maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etilgach, kafedra maktabgacha ta’lim nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar