Kafedra mudiri

Xasanov Aknazar Bekdurdievich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99891 437-93-17
  •  Elektron pochta: x-aknazar@samdu.uz

Biografiya

1970-1975 yy.  - Samarqand davlat universiteti talabasi
1975-1976 yy. -  Samarkand Davlat Arxitektura va qurilish instituti oliy matematika  kafedrasi assistent o‘qituvchi
1976-1978 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Matematika instituti-ning stajyor-tadqiqotchisi 
1978-1981 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Matematika instituti aspiranti 
1981-1993 yy. - Samarkand Davlat Arxitektura va qurilish instituti oliy matematika  kafedrasi dosenti
1993-1994 yy. - Urganch davlat universiteti matematika kafedrasi dosenti
1994-1996 yy. - Urganch davlat universiteti fizika matematika fakulteti dekani
1996-1999 yy. - Urganch davlat universiteti «Matematik fizika va amaliy matematika» kafedrasi mudiri  
1999-2009 yy. - Urganch davlat universiteti fizika matematikaakulteti dekani
2009-2017 yy. - Urganch davlat universiteti fizika matematika fakulteti «Amaliy matematika» kafedrasi professori
2017 y. – h.v. Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi mudiri.

Differensial tenglamalar va geometriya kafedrasi 1961 yil tashkil topdi. Kafedra 1971 yilidan boshlab differensial tenglamalar va geometriya kafedralariga ajratildi. 1994 yili differensial tenglamalar va matematik fizika kafedralarini birlashtirish natijasida differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi tashkil etildi. 2010 yilda differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi, hamda oliy matematika va innovatsion texnologiyalar kafedralari birlashtirilib  differensial tenglamalari kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Kafedra mudirlari: prof. X.N.Narzullayev (1961-1971yillar),  prof. Sh. R.Sharipov (1972-1994 yillar),  prof. Sh.Ya. Yarmuxammedov (1994-1997 yillar), prof. A.H.Haydarov  (1997-2010 yillar). prof. A. H. Begmatov (2010-2014 yillar), dots. Z.H. Ochilov (2014-2016 yillar), dots. Z. Malikov (2016-2017 yillar), prof A.B. Hasanov 2017 yildan boshlab kafedra mudiri bo'lib ishlamoqda. 
Turli yillarda kafedra analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar, differensial geometriya, matematik fizika tenglamalari, hisoblash usullari, oliy matematika va boshqa umumiy kurslarni o'qitishni tashkil etib keldi. Hozirgi kunda mexanika-matematika, amaliy matematika va unformatika, fizika fakul'tetlarining ikkinchi kurs talabalari uchun oddiy differensial tenglamalar, uchunchi kurs uchun matematik fizika tenglamalari, to'rtinchi kurs talabalari uchun chegaraviy masalalarni echishning zamonaviy usullari  fanlaridan yillik umumiy kurslarni o'qitishni ta'minlaydi. Kimyo, materialshunoslik, biologiya, geografiya, gidrometeorologiya, tuproqshunoslik, iqtisodiyot, kadrlar menejmenti, milliy g'oya, falsafa, jismoniy madaniyat yo'nalishlarida matematika fanidan yillik umumiy kurslarni o'qitishni ta'minlaydi.
Kafedra qoshida 5A130103 – Differensial tenglamalar va matematik fizika mutaxassisligi bo'yicha magistratura, 01.01.02 – differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo'yicha tayanch doktorantura mavjud. 
Kafedrada xozirgi kunda yuqori malakali professorlar A.B. Hasanov, A.H.Begmatov, A.Haydarov, T.Ishankulov, dotsentlar P.J. Xodizoda Ya.Muxtorov, E. Jumanov, Z.Malikov,  Z.H. Ochilov, assistentlar D.S.Shodiyev., F.R.Tursunov, Sh.M. Burxanov, A.V. Usmanov, G’.T. Yakubov, O. Mirzayev, U. Mo’minovlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Kafedrada ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Uning qoshida 40 dan ortiq fizika – matematika fanlari nomzodlari, 5 ta fan doktori tayyorlangan.
Kafedra xodimlari tomonida operatorlar nazariyasi, integral tenglamalar, integro – differensial tenglamalar, oddiy differensial tenglamalar nazariyasi, matematik fizikaning nokorrekt hamda noklassik masalalari mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedraning ko'p yillardan beri xorijiy davlatlardagi nufuzli o'quv markazi bilan ilmiy aloqasi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ya'ni Moskva, Peterburg, Novosibirsk, Ekaterinburg, Kiev, Minsk universitetlari va ilmiy tekshirish instirirlari bilan aloqasi tobora yaxshilanmoqda. Keyingi vaqtlarda A.Q.Sh., Kanada ilmiy dargohlari bilan aloqa o'rnatildi.
Kafedraning O’z FA ilmiy markazlari bilan uzviy aloqalari mavjuddir. O'zMU differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi a'zolari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedrada qo'lga kiritilgan yangi natijalar O’z FA matemayika instituti olimlari muhokamasidan uzluksiz ravishda o'tmoqda. Bundan tashqari, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilmoqda. Masalan, Rossiyaning «Докладах РАН», «Дифференциальные уравнения», «Фундаментальная и прикладная математика», «Inverse and Ill-posed problems», «Сибирский математический журнал», «Известия РАН», «Узбекский математический журнал», «ДАН Уз» va boshqa jurnallarda chop ettirilib borilmoqda.
Kafedra a'zolarining tashabbusi bilan Samarqandda 1976, 1983, 1985, 1992, 1996, 2000, 2007, 2012 va 2014 yillarda xalqaro anjumanlar o'tkazildi. Shu xildagi yirik anjumanlarda kafedra a'zolari faol qatnashib kelayapdi. Kafedra olimlari 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.
Kafedra a'zolari 4 ta darslik, 3 monografiya, 7 ta o'quv qo'llanma chop ettirgan, 20 dan ortiq o'quv-uslubiy majmua yaratigan. 
Ko'p yillardan beri kafedra differensial tenglamalar hamda matematik fizika tenglamalari maxsus kurslari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 
Bu kurslarda matematik fizikaning klassik tenglamalari uchun aralash masalalar, potensiallar nazariyasi, matematik fizika tenglamalari, oddiy differensial tenglamalar, sifat nazariyasining muammolari va asimptotik usullari, ularning qo'llanilishi chuqur o'rgatiladi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat

 

Magistratura

  • Integral tenglamalar nazariyasi va PDO
  • Turg’unlik nazariyasi va asimptotik usullar
  • Differensial operatorlar spektral nazariyasining teskari masalalari
  • Elliptik tenglamalar va taqsimotlar nazariyasi
  • Xususiy xosilali noklassik differensial tenglamalar
  • Matematik fizika va analizning nokorrekt masalalari