Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi
Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi mudiri
Quljonov O‘tkir Nematovich
+99897 9193417 uquljonov@bk.ru, uquljonov@samdu.uz
O‘tkir Quljonov fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2012-yildan beri Samarqand davlat universitetida ishlamoqda. 2021-yildan boshlab ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
O‘tkir Quljonov 2019-yilda “Bir va ikki zarrachali diskret Shredinger operatorlarining quyi spektri haqida” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 7, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 20 ga yaqin maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 30 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 3 oʻquv qoʻllanma, 7 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi diskret va uzluksiz Shredinger operatorlarining spektrlari haqida.
Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari:
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85083548557&origin=resultslist&sort=plf-f
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85105476733&origin=resultslist&sort=plf-f
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-84984548249&origin=resultslist&sort=plf-f
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-84874531741&origin=resultslist&sort=plf-f
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85134305199&origin=resultslist&sort=plf-f
DOI: 10.1134/S1995080222150161
DOI 10.17586/2220-8054-2023-14-5-505-510
Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi a’zolari
|
Abdullayev Janikul Ibragimovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1989-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 1991-yilda “Некоторые спектральные свойства матричнозначной модели Фридрихса” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik va 2001-yil “Спектральный анализ операторов Шредингера систем двух, трех и четырех частиц на решетке” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 36, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 32 dan ortiq maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 80 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 1 darslik, 7 oʻquv qoʻllanma, 6 uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Janikul Abdullayevning “Funksional analiz va integral tenglamalar” darslik kitobi, hamda “Matematika oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun” nomli o‘quv qo‘llanmalari hozirda respublikaning ko‘plab kitobxonlari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Olim diskret Shryodinger operatorlari va ularning spektri yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari: |
Qurbonov Habibulla Habibulla Qurbonov – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1987-yilda “Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi muаmmolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 38 maqolasi, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 44 tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 5 ta oʻquv, 14 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi muammolariga bag‘ishlangan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Qurbon Ostonov ostonovk@mail.ru qostonov@samdu.uz Qurbon Ostonov pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1987-yilda “Algebra va analiz asoslari” kursini o‘rganishda o‘quvchilar fikrlash faoliyatlarini faollashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 40 ga yaqin maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 45 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 4 oʻquv qoʻllanma, 23 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi umumta’lim maktablarida matematika o‘qitishda o‘quvchilar kreativ fikrlash faoliyatini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlanadi. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Bozorova O‘g‘iloy Barot qizi O‘g‘iloy Bozorova 2018-yildan Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning xalqaro jurnallarda maqola va tezislari e’lon qilingan. Respublika miqyosida 5 maqola va konferensiyalarda 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. 2 uslubiy qo'llanma muallifi. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari: |
|
Kuliyeva Gulchehra Taxirovna kulievag@mail.ru Kuliyeva Gulchehra fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 2023-yildan Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Olima 2007-yilda “Ba’zi elliptic va parabolik variatsion tengsizliklarni nosilindrik sohalarda Rote usuli” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science bazalariga kiruvchi ilmiy jurnallarda 10, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 12 maqolasi, respublika konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Kuliyeva Gulchehra Rote usuli va Xardi tengsizliklar yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari: https://articles.math.cas.cz/10.21136/MB.2023.0088-22 https://link.springer.com/article/10.1007/s10492-010-0023-7 |
|
Toshturdiyev Abdixurayra Muxammadiyevich +99893 359-62-69 atoshturdiyev@mail.ru Toshturdiyev Abdixurayra 2019-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi o’qituvchisi. Toshturdiyev Abdixurayraning Scopus, Web of Science xalqaro bazalariga kiruvchi ilmiy jurnallarda 3, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 3 maqolalari, konferensiyalarida 20 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi diskret Shryodinger operatorlarining spektrlari haqida. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari: |
|
Toshkulov Xamza Abdujabborovich kh.toshkulov@mathinst.uz Xamza Toshkulov 2014-yildan Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning xalqaro Scopus bazasidagi jurnallarda 1 maqolasi va 5 tezisi e’lon qilingan. Respublika miqyosida 5 maqola va konferensiyalarda 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Shu bilan birga ehtimollar nazariyasi fani bo'yicha 1 uslubiy qo'llanma muallifi. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop ettirgan ilmiy ishlari manzillari: https://www.mathnet.ru/personal/pindex.phtml?option_lang=rus&wshow=persdet_viewN https://drive.google.com/file/d/1g-yD6esKRES-T5gWn6v5okwuVwErYLCk/view https://drive.google.com/file/d/1E-iFxJWG5bRzJ9Oi4x0UsAqn1ykpt0KV/view https://drive.google.com/file/d/1OJnYFbQC_Zvwh2QGbjb6ZKdSAa1CwHtE/view |
|
Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi haqida Kafedra umumiy matematika nomi bilan 1936-yilda tashkil qilingan. Dastlab kafedra o‘qituvchilari ehtimollar nazariyasi bilan birga matematika, algebra va sonlar nazariyasi, chizma geometriya kabi fanlardan, keyinroq matematik tahlil fanidan dars berilgan. 1936-1941-yillarda kafedraga dotsent R.Kuzinov, M.Sobirovlar mudirlik qilgan. Kafedrada Kiyev universitetidan kelgan A.Shepelevskiy ishlay boshladi. 1938-yilda kafedraga Leningrad universiteti bitiruvchisi-dotsent V.Baskov keldi. Unga kafedrada matematik tahlil bo‘yicha kurslarni o‘qish topshirilgan edi. 1944-yilda kafedra mudirligi lavozimi fizika-matematika fanlari doktori, professor N.P.Romanovga topshirildi. Uning rahbarligida M.Sobirov, X.Abdullayev, I.Kasara, N.Teshabayeva, M.Subxanqulov, X.Narzullayev, F.V.Tomashevich, B.Levin, S.Kurtyakovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Keyinchalik N.Romanovning shogirdlaridan M.Subxankulov, B.Levinlar ilmiy natijalarni chuqurlashtirib, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi va xorijdagi ilmiy markazlarga ishga taklif qilindilar. |
|
Professor N.Romanov umumiy matematika kafedrasiga 1944-yildan 1951-yilgacha rahbarlik qildi.1951-yildan 1961-yilgacha kafedraga dotsent R.I.Iskandarov rahbarlik qildi. 1961-1971 yillarda kafedrani dotsent V.Baskov boshqardi. Bu davrda kafedra tarkibida 23 nafar ilmiy xodim bo‘lgan. 1971-yildan kafedrani dotsent R.Raxmonov boshqardi. Bu davrda fakultetda kafedralar ochilishi munosabati bilan uning tarkibiga tayyorlov bo‘limi bo‘yicha ilmiy xodimlar ishga qabul qilindi. Bu yillarda kafedrada ehtimollar nazariyasiga taalluqli fanlarni o‘qitish ham amalga oshirildi. Shu bilan birga maxsus kurslarni o‘qitish va diplom ishlarni himoya qilish yo‘lga qo‘yildi. Kafedra a’zolari akademik T.Sarimsoqov va akademik S.Sirojiddinovlar bilan mustahkam aloqani o‘rnatdi. Shu yillarda professor T.Azlarov kafedra maxsus fanlari bo‘yicha va diplom ishlariga rahbarlik uchun muntazam kelib turdi. T.Azlarov rahbarligida kafedra dotsentlari B.Bozorov, Y.Husainov, H.Kurbanovlar nomzodlik dissertatsiyasi himoya qildi. 1982-1988-yillarda kafedrani dotsent V.Bozorov boshqardi. Bu yillarda kafedrada ilmiy izlanishlar kuchaytirildi, yosh o‘qituvchilar bilan kafedra tarkibi mustahkamlandi. |
|
1988-1993-yillarda kafedrani dotsent G.Zloskiy boshqardi. Bu yillarda matematika o‘qitish uslubiyati bo‘yicha o‘quv va ilmiy jarayonlar kuchaytirildi. Mamlakat miqyosidagi muammoli seminar tashkil etilib, Moskva va boshqa shaharlar yetakchi olimlari va mutaxassislari taklif etildi. Jumladan, professorlar V.Boltyanskiy, G.Gleyzerlar bu seminarlarda bir necha marta ishtirok etib, ma’ruzalar qildilar. Shu bilan birga ta’limni isloh qilish bo‘yicha kafedrada zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. 1999-2004-yillarda kafedrani dotsent Y.Xusainov boshqardi. Bu davrda oliy ta’limda o‘qitish talablari kuchayganligi sababli kafedrada o‘quv adabiyotlari, dastur va rejalar ishlab chiqilib, joriy qilina boshladi. Jumladan, ma’ruza matnlari barcha fanlar bo‘yicha tayyorlandi va chop etildi. 2003-yilda 5A460104 -"Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika", 5A460107-"Matematika fanini o‘qitish metodikasi" mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturalar ochildi. 2003-yildan boshlab kafedra nomi o‘zgartirilib ehtimollar nazariyasi va matematik statistika deb atala boshlandi. |
|
Kafedrani 2005-yildan 2013-yilgacha professor A.Djalilov boshqardi. 2013-yildan esa professor J.Abdullayev kafedra mudirligiga tanlov asosida saylandi. Ana shu yillarda kafedra ilmiy salohiyatini ko‘tarish va malakali yosh kadrlarni tayyorlash hamda xorij ilmiy aloqalarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi. 2019-yil kafedra mudirligiga prof. A.Xalxo‘jayev tayinlandi. Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika o‘qitish usullari, oliy matematika va matematika fanlaridan matematika, amaliy matematika, fizika, tarix, iqtisod, mehnat ta’limi, o‘zbek filologiyasi, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, tojik filologiyasi, fakultetlarida va sirtqi va maxsus sirtqi bo‘limda talabalarga uchta tilda: o‘zbek, rus, tojik tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. 2022-yil avgust oyidan kafedra nomi ehtimollar nazariyasi va amaliy matematikaga o‘zgartirildi. Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika o‘qitish uslubiyati, matematik analiz, matematika tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy to‘plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy markazlari bilan aloqalar o‘rnatganlar va bir nechta grant bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda. |
|
Kafedra hozirgi kunda O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zRFA Matematika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy - tekshirish instituti, viloyatlardagi Guliston davlat universiteti, Jizzax, Navoiy pedagogika institutlari, Urganch davlat universiteti bilan hamda xorijdagi Kembrij, (Angliya), Lill (Fransiya), Klaustal (Germaniya), Turkiya, Toronto (Kanada), Chexiya (Gʻarbiy Bogemiya), Uyels(Kardiff), Shvesiya(Stogolm, Lulea) kabi universitetlar ilmiy markazlari bilan aloqalar o‘rnatgan. Shuningdek, MDH mamlakatlarining Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Kiyev (Ukraina) universitetlari ilmiy hamkorlik o‘rnatgan. Bundan tashqari, Samarqand shahri oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va o‘quv sohalarida muntazam uzviy aloqalar o‘rnatilgan. |
|
Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari Bakalavr • Matematika • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika • Umumiy o‘rta ta’lim darsliklari mazmuni • Matematika tarixi • Matematika va informatika o‘qitish usullari • O‘yinlar nazariyasi • Taqsimot funksiyalar nazariyasi • Matematika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish |
|
Magistratura • Tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun limit teoremalar • Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi • Integral tenglamalarning ehtimollar nazariyasiga tatbiqlari • Kvant ehtimollari nazariyasi • Xarakteristik funksiyalar nazariyasi |
Kafedra hayotidan lavhalar