Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi
Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri
Muxamadiev Nurali Qurbonalievich
+99897 9185450 m_nurali@mail.ru, m_nurali samdu.uz
Nurali Muxamadiev kimyo fanlari doktori, professor. 1987 yilda nomzodlik, 2012 yilda “Xromatografiyada maqbullashtirish va identifikatsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 6 darslik, 8 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 450 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. 1 patent va 2 dasturiy ta’minot uchun mualliflik guvohnomasi olgan. 1 fundamental va 3 amaliy davlat grantlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1757-899X/1008/1/012033/meta
https://ejmcm.com/article_3091_6a7c86a597532c93c6ac5b8758e4a64e.pdf
http://www.nveo.org/index.php/journal/article/view/2501
Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi a'zolari
Turobov Hamza Tursunovich Kimyo fanlari doktori, professor. 1994 yil nomzodlik, 2019 yilda “Suvli eritmalardan quyimolekular elektrolitlarni ajratib olishda polimer sorbentlardan foydalanishning fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 210 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop etilgan. 5 o‘quv, 11 uslubiy qo‘llanmalar, 3 patent sohibi. H-indeksi 6. “Physical Chemistry”, “Mathematical Chemistry”, “Kolloidnyi Zhurnal”, “Moscow University Chemistry Bulletin”, “Reactive Polymers” kabi SCOPUS bazasidagi jurnallarda maqolalari chop etilgan. |
|
Vasina Svetlana Mixayilovna Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1976 yilda “Разработка непрерывного автоматического метода определения углекислого газа в атмосфере на различных высотах” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 400 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. 1 mualliflik guvohnomasi, 3 O‘zbekiston Respublikasi patenti, 1 Rossiya Federatsiyasi patentiga ega. 10 ga yaqin darsliklari nashr etilgan. |
|
Xalilov Qadriddin Faxriddinovich Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1987 yilda “Физическая картина течения потока подвижной фазы и эффективност препаративного хроматографического процесса” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 mualliflik guvohnomasini qo‘lga kiritgan. 1 darslik, 3 o‘quv, 2 uslubiy qo‘llanma hamda 4 monografiyalar muallifi. 200 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. 3 amaliy grantlar sohibi. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1757-899X/1008/1/012033/meta |
|
Xakimov Firuz Xalikovich Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti. 1974 yilda “Синтез и исследование комплексных соединений рения (В) с алифатическими сулфидами” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 nomdagi darslik va 6 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 270 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. |
|
Tashmatova Raxima Vaxabovna Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1987 yilda “Катализ коболтовым комплексом тетра (п- сулфофенил) порфина окислително – восстановителных реаксий в водной среде” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 nomdagi o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 250 ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. 1 amaliy davlat grantiga ilmiy rahbarlik qilgan. |
|
Fazlieva Nigina Tojiqulovna Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti. 2010 yildan boshlab Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasida faoliyat yuritadi. 2018 yilda “Elektrolit sistemalar xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 2 monografiya muallifi. 60 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida chop etilgan. |
|
Muxamadiev Аbduqodir Nuralievich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2020 yilda “Muvozanatdagi faza xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya muallifi. 70 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan, 2 dasturiy ta’minot uchun mualliflik guvohnomasi olgan, 1 fundamental va 2 amaliy davlat grantlarini bajarishda ishtirok etgan. |
|
Ruziev Ilyos Xakimovich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2021 yilda “Izoxinolin qatori moddalarining yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi” kimyo fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualifi. 1 o‘quv qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. 2 davlat grantlariga a’zo bo‘lgan. |
|
Ishankulov Аlisher Farmonovich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2022-yilda “Tiol stabilizatorlar bilan modifikatsiyalangan gibrid CdSe/ZnS kvant nuqtalar sintezi va optik-o‘lcham xossalari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilingan. 70 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop etilgan. SCOPUS bazasidagi yuqori impakt faktorli jurnallarda maqolalari chop etilgan. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1757-899X/1008/1/012033/meta |
|
Uzoqov Javlon Rustamboevich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2022-yilda “Xromatografiya uchun nanosorbentlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 70 dan ortiq ilmiy ishlari chop ettirilgan. 1 fundamental davlat grantini bajarishda ishtirok etgan. |
|
Tagirova Mashxura Аmriddinovna Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2021-yildan boshlab fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi assistenti. 2022-yilda “Nano- va mikroqobiqlarda antioksidant fermentlarni immobillash” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 40 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. |
|
Nayimova Baxora Komiljonzoda Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimo kafedrasi assistenti. 2 o‘quv qo‘llanma muallifi. Respublika va xalqaro nashrlarda 15 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. |
|
FIZIKAVIY VA KOLLOID KIMYO KAFEDRASI HAQIDA Kafedra 1933 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uni professor N.A.Kolosovskiy boshqargan. Keyinchalik kafedraga dotsent V.N.Orestov, professor P.A.Trofimenko va dotsent I.A.Orestovlar mudirlik qilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin kafedra 1963 yilda qayta tashkil etilgan va keyingi faoliyati davomida professor V.I.Ezdakov, dotsentlar R.N.Kutfitdinov, S.M.Vasina, N.K.Muxamadievlar boshqargan. 2011-2016 yillarda dotsent K.F.Xalilov mudirlik qilgan. 2016 yildan boshlab kafedraga professor N.Muxamadiev mudirlik qilmoqda. 1986 yilda kafedraga fizikaviy kimyo va kimyoviy texnologiya nomi berilgan. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maksadida kimyo fakultetida ekologiya bo‘limi ochilishi munosabati bilan 1993 yilda kafedra ikkita kafedraga bo‘lingan: Atrof-muhitni muhofaza qilish kimyosi (mudir dots.Kutfitdinov R.N.) hamda fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi (mudir dots.Vasina S.M.). 1999 yilda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘limining tugatilishi munosabati bilan 2000 yilda atrof-muhitni muhofaza qilish kimyosi kafedrasi ham o‘z faoliyatini tugatadi. 2000 yildan kafedra fizikaviy kimyo va kimyoviy ekologiya deb nomlanib, mudirlikka dotsent N.Muxammadiev, 2011 yilda dotsent K.F.Xalilov saylandi. 2013 yilda fizikaviy kimyo kafedrasi deb nomlandi. Kafedrada xo‘jalik shartnomalari asosida biogeoximiya laboratoriyasi 1958 yildan to 1990 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan va katta qiymatdagi turli mahalliy shartnomalar bajarilgan. |
|
Laboratoriyadan kelgan daromadlar kafedra va fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun sarf qilingan. Prof. V.I.Ezdakov, prof. Stepanov hamda dots. R.N.Kutfitdinov rahbarligida Yablochkina L.D., Kalodinskaya L.A., Shirova S.A., Usmanova Z.G., A.Xojievalar fan nomzodligi dissertatsiyalarin himoya qilishgan. 70-yillarning o‘rtalarida kafedrada fosforitni fosfat va sulfat kislotalari bilan ekstraksiya qilish jarayonida hosil bo‘ladigan qoldiq suvlar va fosfogips qoldiqlarini hamda boshqa mahalliy korxonalardan hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha muayyan ishlar olib borildi. Samarqand kimyo korxonasida ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan aylanma suvni elektrodializ usulida tozalab yana ishlab chiqarish jarayoniga korxonaga qaytarish usuli ishlab chiqildi. Bu usulda qimmatbaho reaktivlar, asbob-uskunalar tejalishiga hamda oqova suvlar tozalanishiga erishilgan. Kafedra va laboratoriya xodimlari tomonidan fosfogipsdan oqlovchi qurilish materiallari, shpaklyovka, qurilish pastalari, shtukatur eritmalari, deraza oynasiga zamazka, kislotaga chidamli zamazka, issiklik izolyatsion materiallar, yo‘l ko‘rsatgich materiallari hamda yuvish vositalari ishlab chiqarilgan. Fosfogipsni qayta ishlash asosida har xil qishloq xo‘jalik ekinlarida, jumladan, paxta va poliz ekinlariga meliorant sifatida qo‘llanish bo‘yicha tadkiqotlar va izlanishlar olib borilgan. Kafedrada kimyo mutaxassisligi tayyorlashda o‘tiladigan asosiy fanlardan «Fizikaviy kimyo», «Kolloid kimyo», «Moddalar tuzilishi», «Yuqori molekular birikmalar kimyosi», «Kimyoda kompyuter modellash», «Talaba tanlovi» va «Maxsus kurslar» fanlari o‘qitilib kelinmoqda. |
|
O‘quv jarayoniga yangi informatsion pedtexnologiyalarni joriy etish, Chem Office, Hyper Chem, Gaussian kabi dasturlardan foydalanish bo‘yicha davr talabi darajasida ishlar qilingan va amalga oshirilmoqda. Keyingi 10 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari hammuallifligida 10 ta darslik, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta monografiya, 40 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar va 750 dan ziyod ilmiy ishlar chop etildi. Kafedrada bugungi kunda 13 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan ikki nafari kimyo fanlari doktori, 3 nafari professor, 6 nafari dotsent, 4 nafari kimyo fanlari nomzodi dotsent, 5 nafari PhD, 1 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra ilmiy salohiyati 92.3% ni tashkil etadi. O‘zaro hamkorlik doirasida 3 darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 20 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirilgan. 4 nafar tayanch doktorantlar ilmiy tadqiqotlarini Qozon federal universiteti va Qozon milliy tadqiqot texnologiyalar universitetida bajarmoqda. Kafedraning bosh ilmiy mavzusi - “Tabiiy va sintetik materiallarni sintez qilish, tekshirish hamda qayta ishlashning fizik-kimyoviy usullari”. Keyingi 5 yilda kafedrada “Fizik kimyo - 02.00.04.” ixtisosligi bo‘yicha 7 ta fan nomzodligi va 1 ta fan doktorligi dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bugungi kunda 3 nafar kafedra xodimlari doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlashmoqda. Shu bois kafedrada “Fizik kimyo” ilmiy maktabi shakllangan va faoliyat ko‘rsatmoqda. |
|
“Fizik kimyo” ilmiy maktabining natijalari: Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yo‘nalishlari:
Ilmiy grantlar asosidagi faoliyat Kafedrada davlat va xalqaro ilmiy texnika dasturlari doirasida fundamental va amaliy izlanishlar olib borilmoqda. “O‘zbekiston hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklar tarkibida yod miqdorini aniqlash” mavzusidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan 90 mln. so‘mlik ITD-12-64 raqamli hamda “Aerozol zarrachalarida yorug‘likning ekstinksiyasini, sochilishini va yutilishini o‘lchash uchun rezonatorda so‘nish lazer absorbsion spektrometrini yaratish va ishlab chiqish” mavzusidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan 90 mln. co‘mlik ITD-7-12 raqamli davlat grantlari bajarildi. |
|
“Markaziy Osiyoda toksik moddalarning qo‘llanilishini stabil boshqarish: Atrof muhit xavfsizligi uchun regional ekosistemaning modeli” mavzusidagi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan 78.000 yevroga rejalashtirilgan NATO SfP-983931 raqamli xalqaro granti asosida ham ilmiy faoliyat olib borildi. Kafedrada “Efir moyli o‘simliklardan efir moylarini ajratish texnologiyasini maqbullashtirish va ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini baholash” mavzusidagi 2014-2017 yillarga mo‘ljallangan 150.mln. so‘mlik A-12-25 raqamli davlat granti (rahbari prof.N.K.Muxamadiev), asosida faoliyat olib borilmoqda. «Mahalliy xom ashyolar asosida «Zol-gel» texnologiya usulida sorbentlar olish va ularning xromatografiyada qo‘llanilishi» mavzusidagi 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan 150.mln. so‘mlik OT-A12-45 raqamli davlat granti (rahbari dos.Sh.M.Sayitqulov), «Xromatografik jarayonlarni modellash, maqbullash va «Ushlanish kattaliklari-xossalari» o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish va ularni nanoxromatografiyada qo‘llanilishi» mavzusidagi 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan 150.mln. so‘mlik OT-F7-83 raqamli davlat granti (rahbari prof.N.Q.Muxamadiev), «Aminometilenfosfat kislotasi asosidagi alifatik va geterosiklik metallar korroziyasi ingibitorlarining sintezi va fizitk-kimyoviy xossalari» mavzusidagi 2014-2017 yillarga mo‘ljallangan 150.mln. so‘mlik OT-F7-85 raqamli davlat granti (rahbari prof.A.J.Xoliqov). Ushbu grantlarda kafedraning 10 nafar xodimlari ishtirok etmoqda. |
|
Kafedra ishlanmalari bilan respublikada o‘tkazilib kelinayotgan innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yarmarkalarida ishtirok etib kelmoqda. Grantlarni bajarishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. Xalilov Q.F., dots. Sayitqulov Sh.M. ass.Muxamadiev A.N. va ass.Fazlieva N.I., ass.Ro‘ziev I.X., ass. Tagirova M.A., ass. Saidov A.Sh. va texnik xodimlar jalb etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari, izlanuvchilar va talabalarning ilmiy ishlanmalarini hisobot davrida xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida berilgan talabnoma natijasida “Kattiq yoqilg‘ini tayyorlash usuli” nomli IAP 2007 0438 raqamli(05.11.2007) 1ta patent olindi. Mazkur ishlarga magistrantlar va iqtidorli talabalar ham jalb etilmoqda. Kafedrada har yili ITI namunalari bo‘yicha 50-70 ta ilmiy ishlar chop ettiladi. Professor-o‘qituvchi va talabalarning ishlari xalqaro (ACS, Pittcon, ICON-15, IMP AC va h.k.) va respublika miqyosidagi konferensiyalarga qabul qilinib kelinmoqda. Kafedra olimlari tomonidan nafaqat respublika balki MDH, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Olmoniya, Italiya, Isroil kabi xorijiy davlatlarning o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar