Inson resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot markazi
Inson resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Arabov Nurali Uralovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99893 991-34-58
- Elektron pochta: a-nurali@samdu.uz
Biografiya
1993-1998 yy. – Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi
1998-2002 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi o’qituvchisi
2002-2005 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti
2005-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi assistenti
2009-2010 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
2010-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent
2015-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi
2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dotsenti
2018-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi professori
2019-2020 yy - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi mudiri
2020 -2021yy - Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri
2021y-h.v-Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti dekani
MARKAZ HAQIDA
Markaz Samarqand davlat universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Markaz bevosita Universitetga bo‘ysunadi. Universitet Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Markaz mustaqil yuridik shaxs emas, u o‘zining mustaqil balansiga, bank muassasalarida hisob va valyuta raqamlariga, o‘z belgisi tushirilgan muhr va tamg‘aga ega emas. Samarqand davlat universiteti balansida faoliyat yuritadi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Universitet qarorlariga amal qiladi.
Markaz o‘z faoliyatini Universitet topshiriqlari va buyurtmalari, vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmanomalari asosida amalga oshiradi.
Markazning rasmiy nomi:
davlat tilida – Samarqand davlat universiteti qoshidagi Inson resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot markazi, qisqacha: IRB Markazi;
ingliz tilida – Research Center for the Management of human resources at Samarkand State University, qisqacha: MHR Center;
rus tilida – Научно-исследовательский центр Управление человеческими ресурсами при Самаркандском государственном университете, qisqacha: Центр УЧР.
Markaz Camarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uyda joylashgan, Pochta indeksi: 140104.
MARKAZNING MAQSADI, VAZIFALARI VA FAOLIYaTINING ASOSIY YO‘NALIShLARI
Quyidagilar Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi:
Inson resurslarini boshqarish tizimini bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligini ta’minlashga yangicha yondashuv, zamonaviy ta’lim dasturlarini yaratish, shuningdek boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirishning metodologik va amaliy asoslarini o‘rganish, innovatsion ilmiy tadqiqotlarga oid faoliyatni takomillashtirish, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlash, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, mehnat bozorida ijtimoiy hamkorlik mexanizmini shakllantirish, talabalarning maqsadli amaliyot va stajirovka rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv yurtlariga qabul qilinayotgan talabalarga mehnat bozoridagi talabni o‘rganish, mutaxassis-kadrlarga iqtisodiyot tarmoqlaridagi talabni istiqbollash-tirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Inson resurslarini boshqarishning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini o‘rganish jarayonida tajribali, yetuk olimlar va professional fidoyi yosh tadqiqotchilar hamkorligida dunyoning eng ilg‘or ilmiy markazlari usullari asosida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga quyish;
universitet uchun tadqiqot ob’ekti doirasida zamon talablaridagi darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risolalar yaratish;
ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan yangiliklarni patentlash, ularni Universitet mustaqil o‘quv jarayoniga tadbiq qilish, takliflar kiritish va lozim topilsa chet el ilmiy-o‘quv markazlariga sotish;
inson resurslarini boshqarish bilan bog‘liq dasturlarni ishlab chiqish;
chet el universitet, ta’lim va ilmiy markazlarining yetakchi olimlar ishtirokida inson resurslarini boshqarish yo‘nalishida ilmiy aloqalar va tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
inson resurslarini boshqarish bo‘yicha yangi fanlararo ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
inson resurslarini boshqarish yo‘nalishida materiallarni yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirish;
inson resurslarini boshqarish bo‘yicha respublika va xalqaro grantlarda ishtirok etish;
xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovkadan o‘tish, mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini tashkil etish, tegishli sertifikatlar berish;
inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslangan tadqiqotlarni, xorijiy tajribalarni, ushbu sohada chop etilgan yangi adabiyotlar obzorini yoritib borish;
O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida inson resurslarini boshqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirishning ilmiy konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
MARKAZNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Markazga shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq to‘lash asosida) o‘qituvchi va amaliyot xodimlari (ekspertlar)ni jalb etish;
Universitetdan ajratilgan mablag‘lar hamda grantlar hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;
oldinga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha hamda xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
shartnoma asosida asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maslahatlar berish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish;
Markaz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulkni boshqarish;
inson resurslarini boshqarish bilan bog‘liq har xil masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda tashabbus ko‘rsatish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘z vakolatlari doirasida hamkorlik qilish;
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-sayt, shuningdek Internet tarmog‘ida joylashtirish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni Universitet bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqiga egadir.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
MARKAZNING XALQARO ALOQALARI
Markaz xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar tuzish, muayyan xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi.
Markaz tinglovchilar uchun o‘quv jarayonining muayyan qismini va professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda tashkil etishi mumkin.
Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
2022 yil 29 - mart kuni Inson resurslarini boshqarish fakultetida ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Kun tartibida: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti А.М.Amirovning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo’yicha “AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti S.B.Sharipovning 08.00.05-“Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo’yicha “XIZMAT KO’RSATISH KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya hamda “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tayanch doktoranti B.A.Qo’ziboyevning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo’yicha “HUDUDLARDA INKLYUZIV TURIZMNI SAMARALI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi o’tkazildi.
Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali
"Buxgalteriya hisobi" o‘quv qo‘llanmasi
"Raqamli iqtisodiyot asoslari" darslik
"Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash" o‘quv qo‘llanma
"Xodimlarni boshqarishning xalqaro va mahalliy amaliyoti" Monografiya
"Korxonalarning moliyaviy tahlili" o'quv qo'llanma
"Elektron tijorat va biznes" o‘quv qo‘llanmasi
“Korxonalarning iqtisodiy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish” o'quv qo'llanmasi