Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim
Fakultet dekani
О‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich
• Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
• Telefon: +99897 918-07-41
• Elektron pochta: sirojiddin-u@samdu.uz
Biografiya
1999-2003 yy. – Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti talabasi
2003-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti oʼsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi magistri
2005-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti botanika va oʼsimliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti
2008-2010 yy. - Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosari
2010-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti botanika va oʼsimliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti
2014-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti botanika va oʼsimliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti
2018-2021 yy. - Samarqand davlat universiteti oʼsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri
2021y-h.v-Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakulteti dekani
FAKULTET HAQIDA
Universitet kengashining 2021 yil 7 iyuldagi 14-sonli qarori hamda universitetning 2021 yil 12 avgustdagi №272-ij sonli buyrug‘iga asosan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etildi.
Fakultetda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularda quyidagi mutaxassisliklar o‘qitiladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
5110900 – Pedagogika va psixologiya
5111800 – Maktabgacha ta’lim
5112100 – Texnologik ta’lim
Magistratura mutaxassisliklari:
5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi
5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Fakultetlararo pedagogika kafedrasi qoshida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura mavjud:
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2018 yil 28-martdagi 59-sonli qaroriga asosan Samarqand davlat universiteti huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Phd.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirda fakultetda 3 ta “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim”, “Fakultetlararo pedagogika” kafedralari mavjud bo‘lib, 77 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 2 nafar fan doktorlari, 23 nafar fan nomzodlari, 52 nafar assistentlar faoliyat yuritmoqda.
Kafedralar qoshida tashkil etilgan “Munozara-debat”, “Pedagog-terapevt”, “Tadqiqotchi talaba”, “Kitobxonlik to‘garagi”, “Maktab matematigi”, “Ona tili va adabiyot”, “YOsh ekologlar”, “YOsh modelistlar”, “Muhokama”, “YOsh tadqiqotchi pedagoglar”, “YOsh ilmiy tadqiqotchi”, “Al Xorazmiy izdoshlari”, “Binafsha”, “Kamalak etakchisi”, “Ijodkor tarbiyachi”, “Nutq o‘stirish”, “YOsh ruhshunos”, “MTTlarda zamonaviy boshqaruvchi”, “Kreativ tarbiyachi”, “YOsh pedagog”, “Pozitiv psixolog”, “Zamonaviy tarbiyachi imidji” kabi turli to‘garaklarda talabalarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlari va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit yaratilgan.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti ilmiy jamoasi Moskva davlat pedagogika universitetining «Umumiy pedagogika» kafedrasi, Dushanbe davlat pedagogika universitetining «Pedagogika» kafedrasi, Bryansk davlat pedagogika institutining «Industrial pedagogika» fakulteti, Xo‘jand davlat universitetining «Pedagogika» kafedrasi, Ozarbayjon Xalqaro universiteti hamda MDH va jahonning boshqa ko‘plab oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari o‘rtasida ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.