Matematik fizika va funksional analiz
Kafedra mudiri
Laqayev Saidaxmad Norjigitovich
- Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
- Telefon: +998937228656
- Elektron pochta: slakaev@mail.ru
Biografiya
1978- 1987- yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz kafedrasi assistenti, dotsenti
1987- 1996-yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz kafedrasi mudiri
1996- 2003-yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz va funksiyalar nazariyasi kafedrasi professori
2003- 2011-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksiyalar nazariyasi kafedrasi mudiri
2011- 2013-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri
2013- 2016-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi professori
2016-yildan Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi mudiri
Matematik fizika va Funksional analiz kafedrasi 2003- yili fevral oyida f.m.f.d, prof. Saidaxmat Laqayev tashabbusi va sayi-harakatlari natijasida matematik-fizika ilmiy yo’nalishi bo‘yicha Samarqand davlat universitetida ilmiy maktab tashkil etilganligining etirofi sifatida Matematik fizika nomi bilan tashkil qilindi. Unda kafedra mudiri f.m.f.d. prof. S.N.Laqaev, f.m.f.d. prof. J.I.Abdullaev, f.m.f.n. dots. M.X.Shermatov, f.m.f.n. ass. A.M.Xolxo’jaev, ass. T.H.Rasulovlar faoliyat ko’rsatib boshlagan.
Matematik fizika kafedrasi tarixi Funksional analiz kafedrasi tarixi bilan bevosita bogliq:
Funksional analiz kafedrasi 1971-yilda dotsent Xodi A. Abdullaev tashabusi va sayi-harakatlari natijasida tashkil etilgan edi. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab unda dotsentalar: X. A. Abdullaev, Sh. Yarmuxamedov va oqituvchilar I.I. Isroilov, E. A. Abduqodirov, R. Sh. Shodiev, M. Hoshimovalar faoliyat ko’rsatishgan.
Funksional analiz kafedrasiga 1971-1976-yillarda dotsent X.A. Abdullaev, 1977-1979-yillarda dotsent Sh. Yarmuhammedov, 1980-1987-yillarda dotsent I.I.Isroilov va 1987-1994-yillarda dotsent-professor Saidakhmat N.Laqaev mudirlik qilgan.
1994-yili “Matematik analiz ” kafedrasi “Funksional analiz ” kafedrasiga qo’shildi, kafedra “Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz ” deb ataldi va unga prof Saidakhmat Laqayev kafedraga 1994-1997-yillarda mudirlik qildi.
1997-yilda Funksiyalar nazariyasi va Funksional analiz kafedrasidan Matematik analiz kafedrasi ajralib chiqdi.
1997-2002-yillarda Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz kafedrasiga f.m.f.d., dots. A. Xatamov mudirlik qildi.
2003-yili fevralida Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra, ya’ni Matematik fizika va Funksiyalar nazariyasi kafedralari tashkil qilindi.
2003-2005-yillarda Matematik fizika kafedrasiga f.m.f.d., prof. Saidakhmat Laqaev va “Funksiyalar nazariyasi” kafedrasiga f.m.f.d.,dots. Axtam Xatamov mudirlik qildilar.
2005-yilda “Funksiyalar nazariyasi” kafedrasi “Matematik fizika” kafedrasiga qo’shildi va kafedra “ Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi” deb nomlandi va unga prof. Saidakhmat N.Laqaev mudirlik etib tayinlandi.
2011-yil noyabr oyidan “ Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi” kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz deb nomlandi va unga professor Saidakhmat Norjigitovich Laqayev 2013-yilgacha mudirlik qildi.
2013-2016-yillarda kafedraga f.-m.f.n., dotsent A.M.Xalxo’jayev mudirlik qildi.
2016-yil noyabrdan buyon kafedraga f.-m.f.d., prof. akademik Saidaxmat Laqaev rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar: kafedra mudiri, f.-m.f.d., prof., akademik, Saidaxmat Laqaev, f.-m.f.d., prof Ahmad Xalxo’jaev, f-m.f.d., prof. Ermamat Sattorov, f.-m.f.d., dots. Axtam Xatamov, dots., f.-m.f.n. O.E. Maxmudov, f.-m.f.n., dots. I.E. Niyozov, f.-m.f.n.,dots. S.M. Samatov, katta o’qituvchilar: Sh.M. Latipov, falsafa doktorlari (PhD) S.S. Ulashov, (PhD) Sh.H. Qurbonov, assistentlar A.Boltayev, M.Azizova, F.Almuratov, doktorant A.M.Xurramov, tayanch doktorantlar Saidakbar Abduhakimov, Shahobiddin Hamidov, kabinet mudiri Dilafro’z Beknazarova.
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
- Funksional analiz
- Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
- Kompleks analiz
- Optimallashtirish usullari
- Matematik analiz
- Oliy matematika
- Matematika
- Iqtisodchilar uchun matematika
- Chiziqli funksional analiz (tanlov fan)
- Funksiyalar nazariyasi (tanlov fan)
- Matematik fizikaga kirish (tanlov fan)
- Chiziqli operatorlar
- Kompakt operatorlar va integral tenglamalar
- Fridriks modullari
- Metrik fazolar va akslantirishlar (magistratura)