TIJORATLASHTIRISHGA TAYYOR ISHLANMALAR
NEFT MAHSULOTLARI SIFATINI NAZORAT QILISh VA YAXSHILASH
Muallif: dots. D.Aronbayev, k.f.d. S.Aronbayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: diron51@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Neft-suv chegarasini aniqlaydigan pasta ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. Tarkibi ishqorli reagent, indikatorlar aralashmasi hamda ularni ma’lum nisbatlarda bog‘lab turuvchi komponentlardan tashkil topgan. Yaratilgan pasta 10-15 daqiqa davomida neft-suv chegarasini aniqlash imkoniyatini beradi. Bir marta neft-suv chegarasini aniqlash uchun 0.3-0.4g pasta ishlatilidi. Pasta yordamida neft tarkibida chuchuk yoki sho‘r suv borlinin ham aniqlash mumkin. Bu pastaning analoglardan farqi shundan iboratki, u nafaqat bu obektni miqdoriy jihatini ko‘rsatadi, balki undagi suvni sifat jihatidan ham aniqlashga yordam beradi (oqar suv, qattiq suv va h.k.). Natijada neft mahsulotlari sifatini yaxshilashga erishiladi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Patent №IAP 20120474
Asosiy iste’molchilari: Neftni qayta ishlash zavodlarida va avtotransport korxonalarida neft mahsulotlari sifatini nazoratdan o‘tkazishda qo‘llaniladi.
OG‘IR METALLARNI BIOSORBSIYA YO‘LI BILAN KONSENTRLASH
Muallif: prof. A.Nasimov, dots. D.Aronbayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: diron51@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Pivo ishlab chiqarishda chiqindilarining cho‘kmaga tushadigan Saccharomyces cerevisiae – achitqisidan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan biosorbentlar olish texnologiyasi yaratilgan. Qattiq sorbentlar olinadi va og‘ir metallarni tabiiy va oqar suvlardan ajratishning miqdoriy xarakteristikalari aniqlanadi. Biosorbsion jarayonlarni selektivligini ta’minlash bu ishning texnik yangiligi hisoblanadi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Gidrometallurgiya va suvdan ko‘p foydalanadigan korxonalarda, meditsina va farmatsevtika (Navoiy “Tog‘-konmetallurgiya» kombinati, OAJ «Breveri-Pulsar-Grup»).
MAGNIT ORQALI BOSHQARILADIGAN SORBENT
Muallif: dots.D.Aronbayev, k.f.d.S.Arobayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: diron51@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: O‘zgaruvchan magnit xususiyatlariga ega bo‘lgan sorbsion material texnologiyasi taklif etiladi. Ushbu sorbent Saccharomyces cerevisiae achitqisining hujayra devorlari hamda sintetik magnetit nanozarrachalaridan tashkil topgan. Magnetit sintez qilishning optimal sharoitida quyidagi reaksiya orqali 2FeCl3 + FeSO4 + 8NH4OH = Fe3O4↓+ 6NH4Cl + (NH4)2 SO4 + 4H2O o‘lchamlari ~ 10 nm bo‘lgan nanozarrachalar olish mumkin. Mazkur turdagi sorbentlarni sanoat soxasida qo‘llash texnologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etib, statistik rejimda (masalan, katta hajmda) sorbsiyani amalga oshirishga imkon beradi va uning regeneratsiyasini hamda foydalanilgandan so‘ng reaktordan chiqarilishini osonlashtiradi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Navoiy tog‘-kon kombinati, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
PAXTA YOG‘I TARKIBIDA GOSSIPOL MIQDORINI ANIQLASh USULI
Muallif: prof.N.Nizomov, f.-m.f.d.E.Kurtaliyev, akad.B.Ibragimov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: patent@samdu.uz
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Paxta yog‘i tarkibidagi gossipolni 0,01% va undan yuqori bo‘lgan konsentratsiyasini ko‘z bilan aniqlash tezkor usuli ishlab chiqildi. Tahlil qilinayotgan paxta yog‘i tarkibidagi gossipolni aniqlash uchun unga teng miqdorda rodamin buyog‘ining rangsiz shakli – indikator solinadi. Agar paxta yog‘ida gossipol bo‘lmasa, indikator rangi o‘zgarmaydi, agar gossipol bo‘lsa indikator u bilan ta’sir qiladi va rangli shaklga o‘tadi. Gossipolning miqdoriga qarab indikatorning rangi och pushtidan to‘q qizilgacha o‘zgaradi. Uskuna paxta yog‘i tarkibidagi gossipol miqdorini 0,005% va unidan yuqorisini aniqlash imkonini beradi. Miqdoriy usul konsentratsiyasi aniq bo‘lgan bir nechta etalon namunalar tayyorlanadi, kyuvetaga solinib yorug‘lik manbai va fotoqabul qilgich o‘rtasida joylashtiraladi va uning rangi tahlil qilinayotgan indikatorning rangi bilan solishtirib, gossipol konsentratsiyasi aniqlanadi. Etalon namunalar xotirali elektron qurilmalarda fotoqabul qilgichlarda hosil bo‘lgan fototokning kattaligi orqali testdan o‘tkaziladi, ko‘rilayotgan namuna gossipolning konsenratsiyasi raqamli indikatordagi bilan solishtirilib aniqlanadi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Patent №IAP04694
Asosiy iste’molchilari: Yog‘-moy kombinatlari
YENGIL YONUVChAN MATERIALLARNI YONG‘IN XAVFINI KAMAYTIRUVChI KIMYOVIY PREPARAT (SamUZ)
Muallif: prof.E.Abduraxmanov, t.f.n.A.Kubayev, dots.S.Tillayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: m_farida@samdu.uz
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Mahalliy xom ashyolar asosida yengil yonuvchan materiallar (yog‘och buyumlar, paxta tolasini o‘rov matolari, brezentlar, tekstil materiallar) ni qiyin yonuvchi shaklga o‘tkazuvchi kimyoviy preparatlar yaratilgan. Havoda alangalanmaydigan tekstil va yog‘och materiallari odatda tabiiy matolar va yog‘ochlarni modifikatsiyalash orqali olinadi. Yong‘indan himoyalangan materiallar odatda 25-27% oralig‘ida kislorod indeksiga ega bo‘ladi.
azot 5-8%;
R205 -5-10%;
S03, 5 %dan ortiq emas;
rN- 6,5-7,5 gacha;
zichligi 1,17 - 1,22 kg/l.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Davlat standartlashtirish agentligidan 2018 yil 18 maydagi TS 05598172-01:2018 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Asosiy iste’molchilari: Qurilish materiallari: yog‘och buyumlar, polimer materiallar ishlab chiqarish tizimlari; tekstil materiallari ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq korxonalar.
SUVNI QATTIQLIGINI YuMShATISh UChUN MAHALLIY XOM-AShYo ASOSIDA OLINGAN SORBENT
Muallif: prof. N.Muxamadiyev, dots. Sh.Sayitqulov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: m_nurali@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Mahalliy xom-ashyo sifatida Urgut tumanidagi sopol buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq asosida olingan sorbent suv tarkibidagi turli kationlarni, jumladan suvning qattiqligini belgilovchi Sa 2+ va Mg 2+ ionlarini o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun undan suvni qattiqligini yumshatishda foydalanish mumkin. Sorbentlarning tarkibi: kaolinit Al2 Si2O5(OH)4 – 89,2 %, kvars SiO2 – 7,6 % va boshqa qo‘shimchalar – 3,2 %. Sorbentning Ca2+ va Mg2+ ionlari bo‘yicha to‘liq almashinish sig‘imi mos ravishda 1,76 va 2,25 mg-ion/l ga teng. Suvning qattiqligi 90 % gacha yumshatiladi. Hajmi 100 litr bo‘lgan bug‘ qozonida sorbentning qo‘llanilishidan keladigan bir yillik foyda 5000000 (besh million) so‘mni tashkil etadi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Kimyo sanoati, ekologiya, kommunal xo‘jaligi
TABIIY GAZ(METAN)DAN BIR BOSQIChDA ETILEN VA PROPILEN OLISH
Muallif: tex.f.d.N.I.Fayzullayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: fayzullayev72@inbox.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Tabiiy gaz (metan)dan bir bosqichda import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan kimyoviy mahsulot-etilen olish uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan faol va selektiv katalizatorlar yaratilgan. Bugungi kunda etilendan paxta tolasining o‘rnini bosuvchi polimer materiallar (masalan, lavsan tolasi) ishlab chiqarishda dastlabki moddalar: etilen oksid, etilenglikol hamda alkilbenzin, etilbenzol va boshqalar olish mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tabiiy gazdan etilen va boshqa moddalarni ishlab chiqarish Respublikamizning organik sintez mahsulotlariga, sintetik smolalar va plastmassalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda eksport salohiyatini oshirish nuqtai-nazardan dolzarbdir. Metanning umumiy konversiyasi 52,3%, etilenga konversiyasi 30,9 % va etilenga nisbatan selektivligi 59,1 %. Xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Kimyo sanoati, polimer materiallar ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq korxonalar.
YUQORI KREMNIYLI SEOLITLAR OLISH
Muallif: tex.f.d.N.I.Fayzullayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: fayzullayev72@inbox.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Yuqori kremniyli seolitlar neftni qayta ishlash sanoatida motor yoqilg‘ilarining sifatini yaxshilashda, “Yevro-4 va 5” standartlariga mos motor yoqilg‘ilarini olishda, ichimlik suvini yumshatishda, organik sintezda katalizator sifatida, neft yo‘ldosh gazlari va tabiiy gazni quritishda va tozalashda sorbent sifatida keng ishlatilmoqda. Respublikamiz mahalliy xomashyolar bo‘lmish kaolin va bentonitlarga boy. Ana shu tabiiy manbalardan yuqori kremniyli seolitlar va sorbentlar olingan va ular ifloslangan suvlar, atmosfera havosini tozalashda yuqori samaradorlikni namoyon qiladi. Mahalliy xomashyo-kaolindan yuqori kremniyli seolit yaratish imkoniyati yaratilgan. Bugungi kunda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi kaolindan va Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi bentonitdan yuqori kremniyli seolitlar olish uchun laboratoriya sinovlari o‘tkazilgan. Iqtisodiy samara: xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Kimyo sanoati va foydalanish bilan bog‘liq korxonalar.
ATSETILENDAN VINILATSETAT OLISH TEXNOLOGIYASI
Muallif: tex.f.d.N.I.Fayzullayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: fayzullayev72@inbox.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Respublikamizda vinilatsetatga bo‘lgan yillik ehtiyoj 30 ming tonnani tashkil etadi. Vinilatsetatdan olinadigan polimer mahsulotlaridan polivinilatsetat, polivinilspirt va polivinilatsetallar, suvda eruvchi lateksli bo‘yoqlar, yelimlar, tolalar va boshqalar ishlab chiqarishda keng ishlatilmoqda. Mahalliy xom ashyolar asosida atsetilendan vinilatsetat olish uchun katalizatorlar yaratilgan. Sirka kislotaning umumiy konversiyasi 85,4%, vinilatsetatga nisbatan unum 79,8%, selektivlik 93,4 %. Atsetilendan vinilatsetat sintezi jarayoni oqimli reaktorda, 150-2500C da, P = 0,1 MPa da. Iqtisodiy samara: xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Kimyo sanoati, polimer materiallar ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq korxonalar.
TABIIY GAZ (METAN) VA NEFTNING YO‘LDOSh GAZLARIDAN SUYUQ YOQILG‘I VA AROMATIK UGLEVODORODLAR OLISH
Muallif: tex.f.d.N.I.Fayzullayev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: fayzullayev72@inbox.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Mahalliy xom ashyolar asosida tabiiy gaz (metan) va neft yo‘ldosh gazlaridan aromatik uglevodorodlar-benzol, toluol, etilbenzol va ksilollar olish uchun katalizatorlar yaratilgan. Aromatik uglevodorodlar asosan, benzol, toluol, etilbenzol va ksilollar neft kimyosi sanoatida muhim kimyoviy mahsulotlardir. Tabiiy gaz(metan)dan va neft yo‘ldosh gazlaridan suyuq yoqilg‘i sintezi jarayoni oqimli reaktorda, 600-8000S da, P = 0,1 MPa da, metan:argon = 1:1; tabiiy gaz:argon=1:1 nisbatlarda o‘tkaziladi. Xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Kimyo sanoati, polimer materiallar ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq korxonalar.
INSEKTITSID FAOLLIKKA EGA BO‘LGAN FOSFOR-OLTINGUGURTLI KOMPLEKS O‘G‘ITLAR OLISh TEXNOLOGIYaSI
Muallif: akad. S.To‘xtayev, k.f.n. T.O‘rozov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: patent@samdu.uz
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Oltingugurt Respublikamizdagi keng qo‘llaniladigan mahalliy insektitsid moddalardan biri bo‘lganligi uchun, fosforitlarni oltingugurt yordamida faollashtirib insektitsid faollikga ega bo‘lgan fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmagan. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy ma’lumotlar past sifatli mahalliy fosforitlarni oltingugurt, oltingugurtli sulfat kislotasi va nitrat kislotalarning to‘liqsiz me’yorlarida oltingugurt ishtirokida faollashtirib, insektitsid faollikka ega bo‘lgan murakkab fosforli o‘g‘itlar olishning sodda, jadallashgan texnologik tizimini yaratishga asoslandi. O‘g‘itni sarflash me’yori - 150-200 kg/ga R2O5. O‘zbekiston Respublikasida mavjud mahalliy xom ashyolardan foydalanib Markaziy Qizilqum fosforitlarini oltingugurt hamda sulfat va nitrat kislotalarning to‘liqsiz me’yorlari ishtirokida qayta ishlab murakkab fosfor-oltingugurtli va azot-fosfor-oltingugurtli insektitsid faollikga ega bo‘lgan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi yaratilgan. Mahsulotning tozaligi, aralashmaning tuzilishi 12,80-14,50% R2O5, 1-3% S, 3-4% , o‘g‘itning zichligi - 1,88 g/sm3.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: “O‘zkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi korxonalari, qishloq xo‘jaligi barcha turdagi ekinlari.
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA GRECHIXA YETISHTIRISh TEXNOLOGIYASI
Muallif: prof.J.Xo‘jayev, b.f.n.S.O‘roqov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: patent@samdu.uz
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Grechixa doni yuqori ozuqali va ma’zali ta’mga ega bo‘lib, undan asosan parhez taomlar tayyorlanadi. Ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha har bir kishi yil davomida 7,5 kg grechixa yormasidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishi kerak ekanligi tasdiqlangan. Chunki, grechixa donlari tarkibida yengil o‘zlashtiriladigan oqsillar, yog‘lar va uglevodlardan tashqari juda ko‘p ma’danli tuzlar, organik kislotalar, vitaminlar, mikroelementlar va boshqalar mavjud. Ushbu texnologiyada mintaqaning tuproq iqlim sharoiti va ekinning biologik xususiyatlari-dan kelib chiqib, grechixani bir yilda ikki marotaba - birinchi muddati: 10-20 aprelgacha, ikkinchi muddati: g‘alladan bo‘shagan yerlarga – takroriy ekin sifatida 10-20 iyulgacha ekilganda, har gektar hisobiga 18-20 sentnergacha hosil olish mumkinligi ilmiy asoslab berilgan. Ushbu texnologiyada mintaqaning tuproq iqlim sharoiti va ekinning biologik xususiyatlari-dan kelib chiqib, grechixani bir yilda ikki marotaba - birinchi muddati: 10-20 aprelgacha, ikkinchi muddati: g‘alladan bo‘shagan yerlarga – takroriy ekin sifatida 10-20 iyulgacha ekilganda, har gektar hisobiga 18-20 sentnergacha hosil olish mumkinligi ilmiy asoslab berilgan.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Grechixa yetishtirish bilan shug‘illanuvchi fermer xo‘jaliklari.
ELEKTRON HUJJATLAR AYLANMASINING DASTURIY TA’MINOTI
Muallif: dots. Urunbayev E., Uzokov A., ass. O.Yusupov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (+998-91) 537-59-60. E-mail: urin54@rambler.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Tizimning asosiy maqsadi hujjatlar aylanmasini avtomatlashtirish va farmon, farmoyish, qarorlar va buyruqlardagi topshiriqlar ijrosining borishi haqida tezkor ma’lumotlarni to‘plash, ularning bajarilishini nazorat qilishdir. Tartib raqamlarni avtomatik generatsiyalash, joriy sanalarni qo‘yish, ma’lumotnoma va lug‘atlardan foydalanish, hujjatlarni qayd qilish vaqtini kamaytirish va hujjatlar rekvizitlarini to‘ldirish bilan bog‘liq xatoliklarni bartaraf etish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqilgan tizim quyidagi funksiyalardan tashkil topgan:
- Foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish;
- Hujjatlarni joriy holati bo‘yicha ma’lumotni ko‘rsatib turish;
- Hujjatlarni turiga mos holda ro‘yxatga olish, ro‘yxatga olinganlari uchun ilova fayllarini yuklash;
- Ro‘yxatga olingan hujjat uchun rahbar rezolyutsiyasini kiritish;
- Hujjat ijrosini dasturda qayd qilish, mavjud ilova fayllarini yuklash;
- Ijrosi ta’minlangan hujjatni nazoratdan chiqarish va arxivlash;
- Nazorat kartochkalarini bosmaga chiqarish funksiyasi;
- Hujjatlarni qidirish funksiyasi;
- Foydalanuvchilar uchun muloqat oynasi dizaynini o‘zgartirish funksiyasi;
- Dasturda avtorizatsiya jarayonini qayta bajarish;
- Hujjat turlarini tahrirlash;
- Foydalanuvchilar ro‘yxatini tahrirlash;
- Muassasa ma’lumotlarini to‘ldirish;
- Foydalanuvchilarning dasturga tashrif jadvalini hosil qilish va uning monitoringini olib borish.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Hujjatlar aylanmasini avtomatlashtirish va farmon, farmoyish, qarorlar va buyruqlardagi topshiriqlar ijrosining borishi haqida tezkor ma’lumotlarni to‘plash, ularning bajarilishini nazorat qilish ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar.
TASVIRLARDAGI KO‘ZNING RANGDOR PARDASINI ANIQLASh VA TAHLIL QILISh DASTURI
Muallif: ass.O.Yusupov, dots.I.Bozorov, ass.U.Shodiyev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: ozod200707@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha identifikatsiyalash shaxsni tanib olishning eng istiqbolli biometrik texnologiyasi bo‘lib hisoblanadi. Identifikatsiyalash jarayoni esa ko‘zning rangdor pardasidagi tasvirning yuqori yorqinligi, vaqt bo‘yicha ko‘zning rangdor pardasidagi tasvirlarning doimiyligi, informativ belgilar tizimining qulayligi kabi omillar imkon beradi. Chegaraviy aylanalarni qidirish jarayonida tasvirdagi shumlar, rangdor parda shakllarining buzilishi, rangdor pardani tasvirga olish jarayonidagi bliklar, shuningdek qovoq, kiprik kabi tashqi obektlar bilan bog‘liq holda bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Joriy etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma.
Asosiy iste’molchilari: Axborot xavfsizligi, shaxsni tanib olish tizimlari, biometrik tizimlar.
NEFT VA NEFTGAZ KONLARIGA IShLOV BERIShNING TEXNOLOGIK KO‘RSATGIChLARINI HISOBLASh METODIKASI
Muallif: prof. B.Xujayorov, KIX V.Burnashev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-13-91, E-mail: b.khuzhayorov@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Tabiiy rejimda ham, neft va gaz qazib olishning ikkilamchi usulida ham, neft va neftgaz konlariga ishlov berishning texnologik ko‘rsatgichlarini EHMda hisoblash uchun mo‘ljallangan. Metodika grafik interfeysli muloqot rejimida ishlaydigan dasturiy kompleks ko‘rinishida tuzilgan. Shartli ravishda uni ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda geometrik sxemalashtirish, qatlamning geologik-fizik parametrlari, neft, gaz va kondensatning fizik-ximik parametrlari tanlanadi va kiritiladi. Ikkinchi qismda esa qatlamga ishlov berishning texnologik parametrlarini hisoblash amalga oshiriladi va chop qilishga beriladi. Ko‘pvariantli hisoblash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ulardan optimal variantni aniqlash mumkin. Neft va neftgaz qatlamlariga ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini hisoblash metodikasi ma’lum VNIII-2 metodikasiga qaraganda ancha takomillashgan. Metodika Ko‘kdumaloq koniga ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini baholashda tadbiq etilgan.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Metodika Ko‘kdumaloq koniga ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini baholashda tadbiq etilgan. Guvohnoma № DGU 03184.
Asosiy iste’molchilari: «O‘zbekneftegaz» MXK ob’ektlari.
ZABOYYoNI HUDUDLARIGA KISLOTALI IShLOV BERIShNING TEXNOLOGIK KO‘RChATGIChLARINI HISOBLASh METODIKASI
Muallif: prof. B.Xujayorov, KIX V.Burnashev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-13-91, E-mail: b.khuzhayorov@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Neft qatlamlari zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini hisoblash metodikasi yaratilgan. Bu metodika neft qatlamlari zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini EHMda hisoblash uchun mo‘ljallangan. Metodika grafik interfeysli muloqot rejimida ishlaydigan dasturiy kompleks ko‘rinishida tuzilgan. Metodika dialogli rejimda ishlaydigan dastur sifatida tuzilgan bo‘lib, uni shartli ravishda 2 qismga ajratish mumkin. Birinchi qismida fizikaviy-kimyoviy parametrlar kiritilishi, ikkinchi qismida zaboyyoni hududlari kislotali ishlov berishning ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘p variantli hisoblash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ulardan optimal variantni aniqlash mumkin. Mavjud metodikalardan farqli ravishda, gidrodinamik va fizik-ximik jarayonlarni alohida qarash mumkin.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Metodikaning birinchi varianti zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini baholashda FA-A13-F081 grantini bajarish mobaynida qo‘llanildi. Guvohnoma № DGU 2017 0336
Asosiy iste’molchilari: «O‘zbekneftegaz» MXK ob’ektlari.
YoRIQ-G‘OVAK NEFT QATLAMLARI ZABOYYoNI HUDUDLARIGA KISLOTALI IShLOV BERIShNING TEXNOLOGIK KO‘RChATGIChLARINI HISOBLASh METODIKASI
Muallif: prof. B.Xujayorov, KIX V.Burnashev
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-13-91, E-mail: b.khuzhayorov@mail.ru
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Yoriq-g‘ovak neft qatlamlari zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini hisoblash metodikasi yaratilgan. Bu metodika yoriq-g‘ovak neft qatlamlari zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini EHMda hisoblash uchun mo‘ljallangan. Metodika grafik interfeysli muloqot rejimida ishlaydigan dasturiy kompleks ko‘rinishida tuzilgan. Uni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda kerakli geolog-fizik va fizik-ximik parametrlar tayyorlanadi va kiritiladi. Ikkinchi qismda, yoriq-g‘ovak neft qatlamlari zaboyyoni hududlariga kislotali ishlov berishning texnologik ko‘rchatgichlarini hisoblash amalga oshiriladi. Ko‘pvariantli hisoblash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ulardan optimal variantni aniqlash mumkin. Mavjud metodikalardan farqli ravishda, gidrodinamik va fizik-ximik jarayonlarni alohida qarash mumkin.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Texnologiya 2016 yilda A13-10 grantini bajarish mobaynida sinab ko‘rilgan. Guvohnoma № DGU 03820.
Asosiy iste’molchilari: «O‘zbekneftegaz» MXK ob’ektlari.
INTENSIV YUMSHOQ BUG‘DOY QATORI
Muallif: dots. I.Jabborov
Samarqand Davlat universiteti, 140104 g. Samarqand, Universitet xiyoboni, 15.
Tel.: (99866) 239-12-29, E-mail: patent@samdu.uz
Innovatsion ishlanmaning tavsifi va texnik imkoniyatlari: Ekologik-jug‘rofiy turlararo duragaylash usuli asosida yuqori hosilli fakultativ yumshoq istiqbolli bug‘doy qatori yaratilgan. Boshoq rangi qizil, ixcham, doni yirik, yaltiroq, 1000 dona og‘irligi 43,2 g., solishtirma vazni 95%, oqsil miqdori 16% (ko‘rik moddada), sedimentatsiya ko‘rsatgichi 785 g/l-ni tashkil etadi. Ushbu qator donidan olingan un yuqori non-kulinar sifatlariga ega. Sug‘orilayotgan yerlarda “OXALIK-1” qatorining eng yuqori hosildorligi 56,8 s/ga teng bo‘lib, andoza “Super Tanya ” navidan 9,2 s/ga yuqoridir.
Huquqiy himoyasi haqidagi guvohnoma: Jomboy tumani fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazilgan.
Asosiy iste’molchilari: Respublika fermer xo‘jaliklari
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI OLIMLARINING TAYYOR SHLANMALARI TO‘PLAMI