Samarqand davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi
Samarqand davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi mudiri
Rajabov Rustam Mustafoyevich
+99897 9153959 rajabov_rus@rambler.ru
Rustam Rajabov fizika-matematika fanlari nomzodi. 2005-yilda “Temir guruhi elementlari asosidagi qotishmalarning kinetik va magnit xossalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 monografiya, 1 elektron darslik va 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq maqolalar muallifi.
10 ga yaqin maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.
https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2022RuPhJ..65....1K/abstract
DOI:10.1007/s11182-022-02601-9
https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2012RuPhJ..54.1384K/abstract
DOI: 10.1007/s11182-012-9758-9
https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2007RuPhJ..50..249K/abstract
https://doi.org/10.1134/S106287382470833X
https://doi.org/10.1134/S1062873824708675
Umumiy fizika kafedrasi a’zolari
Kuvandikov Oblakul Kuvandikovich Fizika – matematika fanlari doktori, professor. Pedagogika fanlari xalqaro akademiyasi a’zosi. Olim 400 dan ortiq ilmiy, ilmiy uslubiy, ommabop maqolalar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Olim rahbarligida 1 DSc, 17 PhD dissertatsiyalari himoya qilingan. 200 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan. 30 dan oritq maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr etilgan. https://aip.scitation.org/doi/pdf/10.1063/5.0127058 https://doi.org/10.1063/5.0127058 https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v44/i07/0823.html https://doi.org/10.15407/mfint.44.07.0823 https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v44/i02/0151.html https://doi.org/10.15407/mfint.44.02.0151 https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v43/i12/1601.html https://doi.org/10.15407/mfint.43.12.1601 https://mfint.imp.kiev.ua/article/v42/i11/MFiNT.42.1499.pdf DOI: 10.15407/mfint.42.11.1499. https://link.springer.com/article/10.1007/s11182-014-0191-0 https://doi.org/10.1134/S106287382470833X https://doi.org/10.1134/S1062873824708675 https://doi.org/10.1134/S1062873824708687 |
|
Ilxomjon Subxankulov
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1986-yilda Moskva davlat universitetida "Электрические, гальваномагнитные и магнитные свойства сплавов переходных металлов с металлоидами в кристаллическом и аморфном состояниях" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 10 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Shu kunga qadar 140 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etgan. https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v44/i07/0823.html https://doi.org/10.15407/mfint.44.07.0823 https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v43/i12/1601.html https://doi.org/10.15407/mfint.43.12.1601 |
|
Xamrayev Nurliboy Sa’diyevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1989-yilda Sankt-Peterburg (Leningrad) fizika-texnika institutida "O‘tkinchi metallar va qotishmalarining elektr va galvanomagnit xossalarini yuqori temperaturalarda o‘rganish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 monografiya, 2 o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar nashr ettirgan. Bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Salaxitdinova Maysara Kamolidinovna Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2000-yilda «Indiy va temir guruhi elementlarining yuqori haroratlardagi magnit xossalari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 mualliflik guvohnomasi egasi. 1 amaliy va 1 fundamental loyihalarga rahbarlik qilgan. 5 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar 12 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 150 ga yaqin maqola va tezislari chop etilgan. http://www.nait.ru/journals/number.php?p_number_id=3413 DOI: 10.31044 / 1684-579X-2022‑0‑10-3-8 http://vmu.phys.msu.ru/toc/2022/4 https://www.elibrary.ru/item.asp?id=38487634 https://doi.org/10.1007/s00339-018-1592-7 https://doi.org/10.1016/j.jmmm.2018.01.048 0304-8853/_ 2018 DOI: 10.1016/j.jmmm.2018.01.048 https://www.elibrary.ru/contents.asp?id=35481765 https://www.elibrary.ru/contents.asp?id=33744926 |
|
Shodiyev Zokir Mirtozayevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2008-yilda "Kamyob yer metallarining manganitlar va o‘tkinchi metallar asosidagi intermetallik birikmalarining yuqori temperaturalardagi magnit xossalari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Zokir Shodiyev faoliyati davomida 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 8 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Boshqa nashrlarda 130 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. DOI: https://doi.org/10.15407/mfint.44.02.0151 DOI:10.1007/s11182-021-02414-2 |
|
Baxtiyor Umurzakovich Amonov Fizika–matematika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 2018-yilda “Nodir yer va o‘tuvchi elementlar boratlarining yuqori haroratlardagi magnit xossalari” mavzusida falsafa doktorligi (PhD), dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davrida 4 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 bibliografik ma’lumotnomalar va 70 dan ortiq ilmiy–uslubiy maqolalar muallifi. Shu jumladan, 10 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v44/i02/0151.html DOI: https://doi.org/10.15407/mfint.44.02.0151 https://mfint.imp.kiev.ua/en/abstract/v43/i12/1601.html DOI: https://doi.org/10.15407/mfint.43.12.1601 https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2021RuPhJ..64..956K/abstract DOI:10.1007/s11182-021-02414-2 https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2016RuPhJ..58.1233K/abstract |
|
Turniyazov Raxmat Kayumovich Umumiy fizika kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universitetida 40-yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1980-yilda "Kritik qatlamlanish nuqtasiga ega bo‘lgan eritmalarning akustik xususiyatlarini o‘rganish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya kilgan. Raxmat Turniyazovning 10 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 200 ga yaqin maqola va tezislari chop etilgan. |
|
Kurbaniyazov Saparboy
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1997-yilda "Исследование ИК- спектров поглощения закиси азота и его смесей в газовой и жидкой фазах" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 o‘quv qo‘llanma, 8 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilgan. Shu jumladan, 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari nashr etilgan. |
|
O‘mir Zoxidov Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1983-yilda "Ksanten va sianin bo‘yoqlari eritmalaridagi molekulyar o‘zaro ta’sirini spektroskopik tadqiq qilish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 mualliflik guvohnomasi, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 110 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika jurnallarida chop etilgan. |
|
Ismail Djabbarov
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasida 1952-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 1984-yilda "Yer siyrak elementlarining alyumoittriy monokristallari issiklik o‘tkazuvchanligiga ta’siri" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 elektron darslik, 1 monografiya, 3 o‘quv qo‘llanma, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 180 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. Shu jumladan, 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari e’lon qilingan. |
|
Imamnazarov Davron Xamrayevich Fizika-matematika fanlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD), assistent. 2022-yilda “Электронная структура и явления переноса парамагнитных сплавов переходных металлов” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shulardan 12 tasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan. https://mfint.imp.kiev.ua/article/v44/i07/MFiNT.44.0823.pdf |
|
Nurimov Umid Elmurodovich SamDU umumiy fizika kafedrasi assistenti. 2013-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Umid Nurimov faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. |
|
Umumiy fizika kafedrasi haqida Umumiy fizika kafedrasi 1928-yilda tashkil topgan. Bu kafedraga 1928-1953-yillarda prof. A. N. Tekuchov, prof. V. S. Titovlar rahbarlik qildi. 1953-69-yillarda kafedrani prof. M. Mo‘minov boshqardi. 1982-yil O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kollegiyasining (№9-21) va 14 avgustdagi Samarkand davlat universiteti rektorining (№118) buyruqlari asosida yadro fizikasi kafedrasi kadrlari zahirasida fizika fakulteti uchun umumiy fizika kafedrasi tashkil qilindi va professor O. Q. Quvondiqov shu kafedraga mudir etib tayinlandi. 1985-yil 4 sentyabrda SamDU rektorining buyrug‘i (№119) bilan kafedrada magnetizm bo‘yicha ixtisoslik tashkil qilindi va shu-yildayoq unga 10 nafar talaba qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1985-yilgi (№42.6) va Samarqand davlat universiteti rektorining 1986-yil (№4) buyruqlari bilan umumiy fizika kafedrasi magnit hodisalar fizikasi nomi bilan ataladigan bo‘ldi. 1994-yilda SamDU rektorining buyrug‘i bilan bu kafedraga yana umumiy fizika kafedrasi nomi berildi. |
|
Ushbu kafedrada bugungi kunda 1 nafar fizika–matematika fanlari doktori, professor, 9 nafar fizika–matematika fanlari nomzodi, dotsentlar, 2 nafar fizika–matematika fanlari falsafa doktori (PhD) va 1 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, ToshDTU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OTM lari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, Moskva davlat universiteti (Fizika fakulteti, Kristallografiya va kristalloximiya kafedrasi, geologiya va mineralogiya kafedrasi, magnetizm kafedrasi), Moskva davlat Yer magnetizmi ilmiy tekshirish instituti, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati qoshidagi Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Materialshunoslik ilmiy tekshirish instituti, Tojikiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Bioorganika ilmiy tekshirish institutlari xodimlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib boradi. |
|
Kafedra qoshida 2021-yildan “Elektromagnetizm” ilmiy markazi faoliyat ko‘rsatayapti. Shuningdek, “Yosh fiziklar” nomli talabalar ilmiy to‘garagi ham faoliyat yuritadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovlari va fan olimpiadalarida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra bitiruvchilari orasida atoqli arboblar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadialar g‘oliblari yetishib chiqqan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 30 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 10 ga yaqin ilmiy to‘plam, 1000 ga yaqin ilmiy maqola va 100 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar. Kafedrada bugungi kunda “2/7d.q.r.01860103966 “O‘tkinchi va siyrak yer metallari qotishmalarining elektr, magnit va galvanomagnit xossalarini qattiq va suyuq holatda o‘rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi
|
|
Magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasi
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar