Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda Samarqand davlat universitetiga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Samarqand davlat universiteti 5610520-Sport faoliyati: kurash; 5610535-Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti) ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi so‘raladi!
1.Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan ariza;
2. Umumiy o‘rta (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi (ilovasi bilan);
3. Pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma) ning 2 dona nusxasi;
4. 3,5x4,5 sm hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;
5. Abituriyentning Qayd varaqasi;
6. Abituriyent ruxsatnomasi;
7. Abituriyenning javoblar varaqasi;
8. Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi;
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligiga tegishli tavsiyanomasining asl nusxasini taqdim etadilar.
10. Shaxsiy varaqa;
11. Hujjatlarga jild (papka).
2021-yil 31-dekabrgacha abituriyentlar qabul komissiyasiga yuqorida keltirilgan hujjatlarni topshirishi hamda shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni amalga oshirishi shart.
o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar ro'yxati
SamDU qabul komissiyasi.