A X B O R O T X A T I
2022-yil 6-may kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “O‘zbekiston arxeologiyasining dolzarb masalalari (professor M.D.Djurakulovning arxeologiya maktabi” mavzusidagi (professor Mavlon Djurakulovich Djurakulovning 90 yilligiga bag‘ishlangan) Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining o‘tkazilishini maʼlum qiladi.
Konferensiyada quyidagi sho‘balar faoliyat olib borishi belgilangan:
-O‘rta Osiyo arxeologiya fanining shakllanishi, arxeologiya maktablari va ularning yirik namoyondalari.
-O‘zbekiston tarixi va arxeologiyasning dolzarb masalalari (Ilmiy nazariyalar, kulturogenez, yangi kashfiyotlar, yutuqlar)
-O‘rta Osiyo eng qadimgi,qadimgi va o‘rta asr moddiy va maʼnaviy madaniyati (merosiylik va innovatsiya)
-Moddiy, madaniy va arxeologik meros obektlarini saqlash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish va turizm.
Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar
Maqola matnlari tahrir qilingan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida A4 kattalikdagi qog‘ozga, qatorlari orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilgan tartibda qabul qilinadi. Bundan tashqari, maʼruzalarning elektron nusxasi ko‘rsatilgan manzilga jo‘natilishi talab etiladi. Fayl nomi lotin harflarida muallif familiyasi bilan yozilishi kerak, masalan: A.Umarov doc.
Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va bitta bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi-sharifi, doimiy ish joyi yoziladi. Matnning oxirida muallif bilan bog‘lanish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar keltiriladi. Matn Word (97-2003) muharririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda va 8-10 bet bo‘lishi talab etiladi. Matnga qisqacha annatatsiya 6-8 qator, Kalit so‘zlari (8-10ta) (o‘zbek, rus, ingliz tillarida).
Matnda iqtiboslar quyidagi tartibda berilsin. Masalan: [Islamov, 1975, s. 28]. Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda keltirilsin. Masalan: Alyokshin V. A. Pogrebeniye neandertalskogo rebenka v grote Teshik-Tash // Severnaya Yevraziya ot drevnosti do srednevekovya. Tezisi konferensii k 90-letiyu so dnya rojdeniya M. P. Gryaznova. Sankt-Peterburg, 1992.
Maqola matnida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.
Ilmiy to‘plamga maqolalarni taqdim etish muddati 2022 yil 25 martgacha. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
Manzil: Samarqand sh., Universitet xiyoboni, 15 uy, Tarix fakulteti. ye-mail: ungalov94@bk.ru tel: 8-366-239-18-26, +99893 650 51 94. Kontakt: N.U.Xolmatov +99897396 3677 , normahammad 59@ gmail.com
Hurmat bilan tashkiliy qo‘mita.