Ozarbayjon hukumati 2022/2023-o’quv yilida magistratura, doktorantura va umumiy tibbiyot / rezidenturada tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali mustaqil ravishda talabnomani to’ldirishi va barcha o’qishga kirish talablaridan onlayn tarzda o’tishi kerak: https://aida.mfa.gov.az/en/education/221/

    Tanlovda g’olib bo’lgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

    - o'qish to'lovidan ozod etiladi;

    - Aviachipta olib beriladi;

    - ovqatlanish, turar joy va kommunal xizmatlar uchun oylik stipendiya (470 USD);

    - tibbiy sug'urta, viza va ro'yxatdan o'tish xarajatlari qoplanadi.

    Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 15-martgacha.

    Qo'shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com