Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasi 2022/2023 – o‘quv yili uchun quyidagi yo’nalishlarda tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi: muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, moda va dizayn, tijorat va boshqalar.

    Ushbu dastur doirasida faqatgina o’quv jarayoni uchun to’lovlarni qoplash nazarda tutiladi. Oziq-ovqat, yotoqxona, transport xarajatlari talaba yoki yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi. (Yotoqxona uchun to’lov 1 nafar talaba uchun 1 yilga, taxminan, 1000 AQSH dollarini tashkil qiladi).

    Tanlovda ro’yxatdan o’tishning oxirgi muddati: 2022-yil 1-mart

    Tanlov to’g’risida to’liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://pcte.edu.in/international-students/

    Qo'shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com