Samarqand davlat universiteti akademik litseyi 2022-2023-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni qabul qilish maqsadida 2022-yil 1-martdan - 1-iyunga qadar umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari  uchun onlayn (masofaviy) olimpiada o‘tkazishini eʼlon qiladi. Onlayn olimpiadada Samarqand davlat universiteti akademik litseyida yoʼnalishlar boʼyicha chuqurlashtirib oʼqitiladigan (matematika, fizika, biologiya, kimyo, tarix, ona tili va adabiyot, ingliz tili, geografiya) fanlaridan ishtirok etishlari mumkin. Onlayn olimpiada  litseyining samdual.uz   va test.samdual.uz web saytlari orqali o‘tkazilishini maʼlum qiladi.

        Olimpiadada ishtirok etib, 70 va undan yuqori ball toʼplagan oʼquvchilar litsey tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi hamda ikkinchi bosqich DTM tomonidan o‘tkaziladigan “Test” sinovlariga  kirishga ruxsat beriladi.

        SamDU akademik litseyida quyidagi yoʼnalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar berib kelinmoqda:

• 1. Aniq fanlar (iqtisod,) – matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi.

• 2. Aniq fanlar (texnika) – matematika, fizika, ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi.

• 3. Tabiiy fanlar - 1 – kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, matematika, O‘zbekiston tarixi.

• 4. Tabiiy fanlar - 2 – kimyo, matematika , ona tili va adabiyot, matematika, O‘zbekiston tarixi.

• 5. Xorijiy filologiya (ingliz, oʼzbek) – ingliz tili, ona tili va adabiyot, matematika, O‘zbekiston tarixi.

•  6.  Ijtimoiy-gumanitar (tarix) – tarix, geografiya, chet tili (ingliz va nemis), ona tili va adabiyot, matematika.

    Murojaat uchun telefon: +998662322497, +998996887346, +998936069060.