O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorining 6-bandiga asosan akademik litseyga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish mexanizmi ikki bosqichli qilib belgilangan.

    Ushbu qarordan kelib chiqib, 2022-2023 o‘quv yili uchun SamDU akademik litseyiga o‘quvchilar qabul qilishning birinchi bosqich shakli, o‘quvchilarni iqtidori va savodxonligini aniqlash qulay bo‘lgan ona tili va adabiyot fanidan “Bayon” qilib belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha maʼlumotlarni +998662322497, +998979237746, +998936069060 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.