Qisqa muddatli amaliyot o‘tash uchun hujjatlarni topshirish muddatini uzaytirish to‘g‘risida
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 95-bandiga muvofik 2022-2024 yillarda vodorod energetikasi soxasida yetakchi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga yuborish uchun 20 nafar yosh olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘grisidagi ma’lumotlarni joriy yilning 15-iyul va 31-iyul sanalariga kadar taqdim etish so‘ralgan edi.
Hozirgi kunda, tavsiya etilgan nomzodlar soni yetarli bo‘lamaganligini inobatga olgan holda stajirovkalarga yuborish yuzasidan tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’umotlarni qabul qilish muddatini 2022-yilning 26-avgust sanasiga qadar o‘zaytirilganligini ma’lum qilamiz (Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida quyidagi havolada joylashtirilgan: https://mininnovation.uz/oz/news/post-744)
Bunda, mazkur tanlov bo‘yicha boshqa talab va shartlarga o‘zgartirishlar kiritilmaydi.
Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun: Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i S. Taxirov, tel.: (90) 989 24 05, elektron manzil: s.takhirov@minninovation.uz hamda yetakchi mutaxassisi S. Sultanov, tel.: (94) 420 68 70, elektron manzil: s.sultanov@mininnovation.uz