Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti Turk tili markazida o‘qishga taklif qiladi...
Turk tili markazi A1, A2; B1, B2; C1, C2 darajali xorijiy til sertifikatlarini olish uchun tinglovchilarni o‘qishga qabul qiladi.
O‘qish shartnoma asosida kunduzgi ta’lim shaklida bo‘lib, uch oydan 10 oygacha davom etadi...
Markazda o‘qish haftasiga 3 kun, darslar 2 soatdan olib boriladi. Tinglovchilar har ikki oyda suhbat va test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘quv jarayoni yakunida markaz tomonidan har bir tinglovchiga o‘quv kursini tugatganlik to‘g‘risida tegishli sertifikat beriladi.
Tinglovchilar uchun belgilangan auditoriya, laboratoriya va kutubxonadan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ushbu markazda o‘qish uchun passport, ID yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma, 6 dona 3x4 rasm taqdim etishingiz so‘raladi.
Manzil: Samarqand shahri, universitet xiyoboni 15-uy (9 qavatli binoning 6-qavati, 603-xona).
Murojaat uchun telefonlar: +99885483777, +998990138727, +998977999676, +998993360394, +998931330394