«National Scholarship Program» - Slovakiya hukumati talabalar, tadqiqotchilar va universitet o‘qituvchilariga Slovakiya universitetlarida tahsil olish va stajirovka o’tash uchun Milliy stipendiya dasturi bo’yicha tanlov e’lon qildi.

    «National Scholarship Program» Slovakiyada yashash xarajatlarini quyidagi nomzodlar uchun qoplaydi: 

    Slovakiya universitetlarida magistratura dasturi bo’yicha tahsil oladigan talabalar uchun (1-2-semestr yoki 1-3 semestr);

    Slovakiya universitetlarida tadqiqot tashkilotlarida tadqiqot olib boradigan doktorantlar uchun;

    Slovakiya universitetlarida yoki boshqa tegishli tadqiqot tashkilotida stajirovka o‘tadigan universitet o‘qituvchilari uchun (1 oydan 10 oygacha).

    Ariza topshirish:

    Arizalar www.scholarships.sk  saytida onlayn tarzda topshiriladi. Grantlar uchun arizalar muddatidan kechiktirmay onlayn tarzda topshirilishi kerak.

    Ariza va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumotni dastur veb-saytida topishingiz mumkin.

    Arizalar topshirish muddati:

    2023-yil 30-aprel soat 16:00 gacha

    2023-yil 31-oktabr soat 16:00 gacha - joriy oʻquv yilining yozgi semestridagi amaliyot.

    Dastur haqida toʻliq maʼlumotni ushbu havolada www.scholarships.sk yoki Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik boʻlimida olishingiz mumkin.