Turkiyaning Istanbul universitetida Erasmus+ Kredit Mobiliti grantining  xodimlar almashinuvi doirasida bir nafar xodim 2023-yil iyul oyida bir haftalik stajirovka tanlovni e’lon qiladi…

    Samarqand davlat universiteti va Turkiyaning Istanbul universiteti bilan Erasmus+ Kredit Mobiliti ilmiy xodim va talabalar almashinshinuvi granti doirasida universitetda faoliyat olib borayotgan turk kili o’qituvchilari uchun 2023-yil iyul oyida bir haftalik stajirovka tanlovni e’lon qiladi. Ilmiy safar davomida turk tilini bilim darajasini aniqlash borasida Istanbul universiteti mutasaddilari bilan tajriba almashish va o’qitish metodlari bilan tanishish nazarda tutilgan.    

    Tanlov ishtirok etish istagini bildirgan turk tili o’qituvchilari orasidan 1 nafar xodim uchun safar xarajatlari Erasmus+ K171 granti hisobidan qoplanadi.

    Tanlovda universitetda turk tili mutaxsisligi bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan, kamida 2 yillik tajribaga ega va 45 yoshdan oshmagan xodimlar  bo’lishi shart.

    Talab etilgan hujjatlar:

  1.  Universitet rahbari nomiga ariza
  2.  Ilmiy safar bo’yicha amalga oshiriladigan reja 
  3.  Pasport nusxasi
  4. CV/Resume

    Hujjat topshirish muddat 2023-yil 25-fevral  

    Batafsil ma’lumotni universitet Xalqaro hamkorlik boshqarmasidan olish mumkin. Murojaat uchun tel.: 66 2403853, irossu1420@gmail.com