Xolon texnologiya instituti bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalar qabulini e’lon qiladi…
E’LON
Xolon texnologiya instituti “Sanoat matematikasi va informatika” (bakalavr) va “Informatika va texnologiyalarni boshqarish” (magistratura) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalar qabulini e’lon qiladi.
Bakalavriat bosqichida o’qish boshlanishi – 2024-yil yanvar oyidan. 1 yillik oʻqish toʻlovi 13600 shekel.
Magistratura bosqichida o’qish boshlanishi – 2023-yil oktyabr oyidan. 1 yillik oʻqish toʻlovi 19000 shekel.
Bir yil uchun yotoqxona narxi xonadagi talabalar soniga qarab 500 va 700 dollarni tashkil qiladi.
Kerakli hujjatlar:
- ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan diplom;
- tavsiya qilingan xat;
- ingliz tili darajasini aniqlash sertifikati kamida C1.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni Samarqand davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limidan hamda Xolon texnologiya institutidan tonyl@hit.ac.il (Антоанета Леви) olishingiz mumkin.