2023-yil 19-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Dilshod Xursanov filologiya fakulteti 2-kurs talabalariga “Hozirgi o‘zbek she’riyati poetikasi” fanidan “Hozirgi o‘zbek she’riyatida xronotop poetikasi” mavzusida ochiq dars o‘tadi.

    Ochiq dars filologiya fakultetining 20-xonasida, soat 14:30 boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.