Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 12-dekabr kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1. Tursunov Baxtiyor Temurovichning “Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoshlar qalbiga singdirishda sinergetik metodologiyaning o‘rni” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

2.  Aripov Alisher Abdumalikovichning “Yoshlar ma’naviy xavfsizligini ta’minlashda bagʻrikenglik fenomenini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

3. Har xil masalalar.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.