DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishi
Fozilov Azamat Sobirovichning 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligida geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Ohangaron havzasi yer osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 15-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti binosi 24-xona.
Tel.: (95) 410-20-10, faks: (0366) 239-19-36