21-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti matematik analiz kafedrasi dotsenti Salim Usmanov matematika yo‘nalishi 103-guruh talabalariga “Aniqmas integralning ta’rifi, asosiy xossalari va integrallash jadvali. Aniqmas integrallarni o‘zgaruvchini almashtirib va bo‘laklab integrallash” mavzusida ochiq dars o’tadi. 

    Ma’ruza darsi fakultetning P 111 xonasida soat 10:00 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.