2023-yil 20-dekabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi mudiri, dotsent Quljonov O'tkir Nematovich Matematika-informatika yo'nalishi 411-guruh talabalariga umumiy o'rta ta'lim darsliklari mazmuni, 9-10 sinf algebra fanidan “Kombinatorika elementlari va ularning tatbiqlari” mavzusida ochiq dars o'tadi.
    Dars matematika fakulteti binosining 209-xonasida,  soat 14-30 da boshlanadi.
    Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.