“Ikkinchi jahon urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar
ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizaeyn instituti talablari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov 2023-yildan boshlab har yili 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi
«Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi.
Ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlangandan keyin
1-may sanasiga qadar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
- Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezume);
- Pasport (ID-karta) nusxasi;
- Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
- 9x12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
- Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan (ramka bilan bezatilgan) ijod namunasi (asar).
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga «tanlovga» degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:
100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
Aloqa uchun telefonlar: 99 860-18-87,